² O'zbekcha ² ¡çáåê÷à ² Ðóññêèé ²  English ²      

 

 

 

 

 

Aloqa uchun ma'lumot:

Manzil:

100197, O'zbekiston Respublikasi, Toshkent sh, Intizor ko'ch, 68.

Tel.:

265-22-52 (navbat.),

265-17-53 (faks),

265-13-55 (kotibiyat).

Ishonch telefonlari:

265-22-56

265-91-39

265-17-52

E-mail:

akadmvd@uzsci.net

 

 

 
Rambler's Top100
 

 

 

 

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI ICHKI ISHLAR VAZIRLIGINING AKADEMIYASINI TASHKIL
ETISH TO'G'RISIDA»

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
1994 yil 2 sentyabr 447-son qarori
 

 

O'quv yurtlarining tuzilishini takomillashtirish, O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi organlari va bo'linmalari uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlashning kompleks tizimini tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

1. O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Oliy va O'rta maxsus militsiya maktablari negizida ichki ishlar organlari mutaxassislarini tayyorlash va boshliqlar tarkibi xodimlarining malakasini oshirish bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Akademiyasi tashkil etilsin.

O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Akademiyasini tashkil etish birlashtirilayotgan o'quv yurtlari doimiy va o'zgaruvchan tarkibining mavjud umumiy soni doirasida amalga oshirilsin.

2. Akademiyaning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:

  • ichki ishlar organlarining oliy boshliqlar tarkibini tayyorlash;
  • tanlov asosida ikki bosqichda ichki ishlar organlarining oliy va o'rta yuridik ma'lumotli boshliqlari tarkibini tayyorlash;
  • Huquq-tartibotni muhofaza qilish muammolarini tadqiq etish; ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash.

3. O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi bilan kelishgan holda bir oy muddatda O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Akademiyasi Ustavi va tuzilmasini ishlab chiqsin hamda tasdiqlasin.
 

 

Vazirlar Mahkamasining

raisi                                             I. KARIMOV

 

 

   
 

    © O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2011