|

2011 yil 28 iyun kuni Turkiston san’at saroyida O‘zbekiston
Respublikasi mustaqilligining 20 yilligiga bag'ishlangan "Yagonasan
muqaddas Vatan" respublika ko‘rik tanlovining Toshkent shahri bo‘yicha 2-bosqichi
bo‘lib o‘tdi. Unda Toshkent shahri tumanlarida bo‘lib o‘tgan 1-bosqichda
g'olib deb topilgan 38 nafar estrada honandasi ishtirok etdilar.
Tanlovda ishtirok etgan IIV Akademiyasi Serjantlar tarkibini
tayyorlash bo‘yicha oliy kurslari yuridik fanlar sikli o‘qituvchisi kapitan
Jasurbek Yadgarov hay’at a’zolari tomonidan eng yaxshi estrada
xonandasi deb topilib, faxrli birinchi o‘rinni egalladi va 1-darajali
diplom bilan taqdirlandi hamda Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga
kiritdi.
Hamkasbimizga keyingi bosqichda ham omad yor bo‘lishini tilab qolamiz.
|