˛ O'zbekcha ˛ ˇçáĺę÷ŕ ˛ Đóńńęčé ˛ English ˛      

 

 

 

 

 

Aloqa uchun ma’lumot:

Manzil:

100197, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh,  Intizor ko‘ch, 68.

Tel.:

265-22-52 (navbat.),

265-17-53 (faks),

265-13-55 (kotibiyat).

Ishonch telefonlari:

265-22-56

265-91-39

265-17-52

E-mail:

akadmvd@uzsci.net

 

 

 
Rambler's Top100
 

 

 

San’atkorlar bilan uchrashuv

 

2011 yil 3 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 20 yillik bayramiga bag'ishlab IIV Akademiyasining Ma’naviyat va ma’rifat markazida Serjantlar tarkibini tayyorlash oliy kurslari kursantlarining Toshkent davlat Milliy raqs va xoreografiya oliy maktabining professor-o‘qituvchilari va bir guruh taniqli raqs ustalari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu tadbirga Toshkent davlat Milliy raqs va xoreografiya oliy maktabining rektori, O‘zbekiston xalq artisti Guli Razakovna Xamrayeva, shu oliy maktab O‘zbek raqsi bo‘limining boshlig'i Sayyora To‘rayeva hamda shu maktabda tahsil olayotgan talabalar Gulandon Kuranbayeva va Dilorom Madrahimova tashrif buyurdilar.

Uchrashuvda san’atkorlar raqs san’atining ahamiyati, bugungi ahvoli va turli janrlari to‘g'risida so‘zlab berdilar, kursantlarning mavzuga oid savollariga javob berdilar.

Toshkent davlat Milliy raqs va xoreografiya oliy maktabining talabasi Gulandon Kuranbayeva qadimiy o‘zbek milliy raqsi hisoblangan “Xorazm lazgi”sini mahorat bilan ijro etib berdi. Dilorom Madrahimova “Uyqudagi malika” baletidan partiya ijro etdi.

Kursantlar uchrashuv so‘ngida tadbirga tashrif buyurgan san’atkorlarga qiziqarli uchrashuv uchun tashakkur bildirdilar, ularga guldastalar va esdalik sovg'alari taqdim etidar.
 

 

 

 

 

 

   
 

    © O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2011