² O'zbekcha ² ¡çáåê÷à ² Ðóññêèé ² English ²      

 

 

 

 

 

Aloqa uchun ma’lumot:

Manzil:

100197, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh,  Intizor ko‘ch, 68.

Tel.:

265-22-52 (navbat.),

265-17-53 (faks),

265-13-55 (kotibiyat).

Ishonch telefonlari:

265-22-56

265-91-39

265-17-52

E-mail:

akadmvd@uzsci.net

 

 

 
Rambler's Top100
 

 

 

BMTning inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi vakillarining Akademiyaga tashrifi 

 

Insonning qonuniy huquq va erkinliklarini ta’minlash sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish Akademiya faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan hisoblanadi. Ushbu yo‘nalishda turli xalqaro tashkilotlar bilan amaliy aloqalar doimiy ravishda rivojlanmoqda va kengayib bormoqda.

2011 yilning 28 iyul kuni BMTning Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari Boshqarmasining Amerika, Yevropa va Markaziy Osiyo departamenti rahbari Djanni Magatsseni va ushbu departament xodimi Dmitriy Aleshkevichlar Akademiyaga tashrif buyurdilar. Ushbu tashrif Akademiya bilan BMTning mazkur tarkibiy bo‘linmasi o‘rtasidagi aloqalarni yanada rivojlantirishga qaratilgan. Uchrashuvda Akademiya boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari M.T. Turg‘unov, IIV Inson huquqlarini himoya qilish va yuridik ta’minlash boshqarmasining boshlig‘i I. T. Turg‘unov, IIV va Akademiyaning mas’ul xodimlari ishtirok etdilar.

Mehmonlar mamlakatimiz huquqni muhofaza qilish organlari uchun malakali kadrlar tayyorlash, ularga inson huquqlarini ta’minlash sohasida xalqaro andozalar doirasida ta’lim berilishi borasida Akademiya oldida turgan vazifalardan xabardor bo‘ldilar. Akademiya dargohida ushbu yo‘nalishda salmoqli ishlar amalga oshirilayotgani, inson huquqlari nazariyasi va amaliyoti kafedrasi faoliyat yuritayotgani, inson huquqlari bo‘yicha Resurs markazi tashkil qilingani, huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatida inson huquq va erkinliklarini ta’minlash mexanizmini yanada takomillashtirishga qaratilgan turli tadbirlar, xalqaro seminar-treninglar o‘tkazilayotgani qayd etib o‘tildi.

D. Magatsseni Akademiya professor-o‘qituvchilari tarkibining bunday faoliyati, shubhasiz, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari tomonidan inson huquqlari ta’minlash bo‘yicha xalqaro andozalar va milliy qonunchilikning mohiyati va ahamiyatini yanada chuqurroq tushunishlariga ko‘maklashishiga ishonch bildirdi va BMTning inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasining Akademiya bilan bu yo‘nalishdagi hamkorlikni kengaytirishga qiziqish uyg‘otganligini bayon qildi.

Tashrif chog‘ida mehmonlar Akademiyaning asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida ma’lumot oldilar, ichki ishlar idoralari xodimlarini kasbiy tayyorgarligini takomillashtirish borasidagi dolzarb muammolarni muhokama qildilar. Ular shuningdek, Akademiyaning bir qator bo‘linmalari: Innovatsion pedagogik texnologiyalar markazi, Inson huquqlari bo‘yicha Resurs markazi, Test markazi faoliyati bilan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar. Mehmonlar Akademiyaning ta’lim salohiyatini yuksak baholadilar va uning turli xalqaro tashkilotlar bilan hamkorligi natijalaridan qoniqish hosil qilganliklarini izhor etdilar.

 

 

   
 

    © O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2011