˛ O'zbekcha ˛ ˇçáĺę÷ŕ ˛ Đóńńęčé ˛ English ˛      

 

 

 

 

 

Aloqa uchun ma’lumot:

Manzil:

100197, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh,  Intizor ko‘ch, 68.

Tel.:

265-22-52 (navbat.),

265-17-53 (faks),

265-13-55 (kotibiyat).

Ishonch telefonlari:

265-22-56

265-91-39

265-17-52

E-mail:

akadmvd@uzsci.net

 

 

 
Rambler's Top100
 

 

 

IIV Akademiyasida yangi o‘quv yili boshlandi

 

2011 yil 18 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasining saf maydonida yangi 2011–2012-o‘quv yilining boshlanishiga bag'ishlangan tantanali miting o‘tkazildi. Unda Akademiyaning barcha doimiy va o‘zgaruvchan shaxsiy tarkibi ishtirok etdi.

Ushbu tadbirni Akademiya boshlig'i polkovnik Sh.T.Ikramov ochdi va barcha yig'ilganlarni yangi o‘quv yilining boshlanishi bilan muborakbod etdi.

Tadbirda Akademiya faxriylar kengashi raisi, iste’fodagi polkovnik E.K.Arifjanov, professor-o‘qituvchilar nomidan jinoyatlarni oldini olish kafedrasi boshlig'i polkovnik I. Ismailovlar so‘zga chiqib, bugun ushbu ta’lim dargohida tinglovchi-kursantlarga yaratilayotgan shart-sharoitlar, Akademiya moddiy-texnika bazasini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, ta’lim va tarbiya jarayonida olib borilayotgan islohotlar to‘g'risida nutq so‘zladilar va barchani yangi o‘quv yilining boshlanishi bilan tabrikladilar.

Shuningdek, tadbirda Akademiya rahbariyati tomonidan yangi o‘quv yili munosabati bilan professor-o‘qituvchilar zimmasiga kasb mahoratlarini oshirib borish, zamon talablariga mos darslik va o‘quv qo‘llanmalari yaratish, mutaxassisliklar bo‘yicha dars mashg'ulotlarini amaliyot bilan uzviy bog'liq holda o‘tish, tinglovchi-kursantlarni bilimli, ma’naviy yetuk, jismonan sog'lom, ona Vatanga muhabbat va xizmat burchiga sadoqat ruhida tarbiyalash vazifasi yuklatildi. O‘z navbatida, tinglovchi-kursantlar uchun xizmat intizomi va qonunchilikka, Akademiyada o‘rnatilgan kun tartibiga rioya qilish, o‘quv fanlarini yuqori ko‘rsatkichlar bilan puxta o‘zlashtirish kabi bir qator aniq vazifalar belgilab berildi.
 

 

 

 

   
 

    © O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2011