² O'zbekcha ² ¡çáåê÷à ² Ðóññêèé ² English ²      

 

 

 

 

 

Aloqa uchun ma’lumot:

Manzil:

100197, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh,  Intizor ko‘ch, 68.

Tel.:

265-22-52 (navbat.),

265-17-53 (faks),

265-13-55 (kotibiyat).

Ishonch telefonlari:

265-22-56

265-91-39

265-17-52

E-mail:

akadmvd@uzsci.net

 

 

 
Rambler's Top100
 

 

 

IIOlari profilaktika tizimida islohotlar natijalari va istiqbollari

 

2011 yilning 25 avgust kuni Jinoyatlarning oldini olish kafedrasi tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20 yilligiga bag'ishlangan «IIOlari profilaktika tizimida islohotlar natijalari va istiqbollari» mavzusida umumakademik konferensiya o‘tkazildi.

Tadbirda IIV HOOBB, Toshkent shahar IIB HOOB, Toshkent viloyat IIB HOOB vakillari, respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazi, Akademiyaning jamoat xavfsizligini ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashishdagi dolzarb masalalar loyihasi, ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limidan ilmiy xodimlar hamda yuridik fanlar kafedralaridan professor-o‘qituvchilar, shuningdek 3 va 4-o‘quv kursida jinoyatlarning oldini olish faoliyati mutaxassisligi bo‘yicha tahsil olayotgan tinglovchilar ishtirok etdilar.

Konferensiyada huquqbuzarliklarning oldini olish xizmatlari tizimida olib borilgan islohotlar, ularning natijalari va istiqbollari, shuningdek militsiya tayanch punktlarining aholi turar joylarida jinoyatlarning oldini olish faoliyati, ma’muriy huquqbuzarliklarga oid ishlarni yuritish, profilaktika inspektorlarining jamoatchilik bilan hamkorligi, voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning oldini olish, ichki ishlar idoralarida profilaktik hisobda turuvchi shaxslar bilan ishlash faoliyatini takomillashtirish muammolariga oid masalalarga bag'ishlangan ma’ruzalar tinglandi va muhokama qilindi.

Tadbir jarayonida qilingan ma’ruzalar va chiqishlar barcha qatnashchilarda katta qiziqish uyg'otdi va qizg'in bahs-munozaralarga ulanib ketdi. Konferensiya yakunida ichki ishlar idoralarining profilaktika xizmati faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.
 

 

 

   
 

    © O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2011