|
|
Devoriy gazetalar tanlovi
|
2011 yilning 25 avgust kuni IIV Akademiyasi “Ma’naviyat va ma’rifat
markazi”da O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 20 yilligiga
bag'ishlangan devoriy gazetalar tanlovi bo‘lib o‘tdi.
Tanlovda Akademiya kunduzgi ta’lim o‘quv kurslari, Serjantlar
tarkibini tayyorlash bo‘yicha oliy kurslari vakillari ishtirok etdilar.
Devoriy gazetalar tanloviga taqdim etilgan ijodiy ishlarda Vatanga
muhabbat, uning gullab-yashnashi, mustaqillik g'oyalariga sadoqat mavzui
o‘z ifodasini topgan.
Hakamlar har bir guruh taqdim etgan devoriy gazetani munosib
baholadilar. Tanlov natijalariga ko‘ra Serjantlar tarkibini
tayyorlash bo‘yicha oliy kurslar – birinchi, 1-o‘quv kursi – ikkinchi,
2-o‘quv kursi esa uchinchi o‘rinni egalladilar.
|