² O'zbekcha ² ¡çáåê÷à ² Ðóññêèé ² English ²      

 

 

 

 

 

Aloqa uchun ma’lumot:

Manzil:

100197, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh,  Intizor ko‘ch, 68.

Tel.:

265-22-52 (navbat.),

265-17-53 (faks),

265-13-55 (kotibiyat).

Ishonch telefonlari:

265-22-56

265-91-39

265-17-52

E-mail:

akadmvd@uzsci.net

 

 

 
Rambler's Top100
 

 

 

Birinchi kurs tinglovchilarining qasamyodi  

 

1 sentabr Akademiyada birinchi o‘quv kursi tinglovchilari O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar xodimlarining qasamyodini tantanali ravishda qabul qildilar. Bu galgi qasamyod tarixiy - Mustaqilligimizning shonli 20 yilligi nishonlanayotgan qutlug' kunda bo‘layotganligi bilan ham ahamiyatlidir.

Akademiya saf maydonida hozir bo‘lganlar qalbida bayramona kayfiyat hukmron. Bo‘lajak osoyishtalik posbonlarining kiygan liboslari juda yarashib turibdi. Shu bilan birga, zalvorli vazifani ham zimmasiga yuklamokda.
Qasamyod qilish tantanasiga Ichki ishlar vazirligi rahbariyati tashrif buyurishdi. Tadbirni Akademiya boshlig'i, polkovnik Sh. Ikramov ochar ekan, barchani bayram bilan tabrikladi hamda ota-ona uchun farzandi kamolini, el koriga yaraydigan inson bo‘lishini ko‘rishdan ortiqroq baxt yo‘qligini mamnuniyat bilan ta’kidladi.

Ichki ishlar vaziri, general-leytenant B.Matlyubov minbarga ko‘tarilgach, Serjantlar tarkibini tayyorlash bo‘yicha oliy kurslari boshlig'i, polkovnik S. Tangirberdiyev Akademiya shaxsiy tarkibi qasamyod qabul qilish tantanasiga saflanganligi to‘g'risida axborot berdi. Birinchi bosqich tinglovchilari birin-ketin Vatani, xalqi hamda Prezidentiga sodiq bo‘lishga qasamyod qilishdi.

An’anaga muvofiq a’lo o‘qishi, namunali xulqi, jamoat ishlaridagi faolligi bilan safdoshlariga o‘rnak bo‘layotgan tinglovchilarni "O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining stipendiati" Faxriy yorlig'i bilan takdirlash to‘g'risidagi respublika Ichki ishlar vazirining buyrug'ini vazir o‘rinbosari, polkovnik A. Mirzayev o‘qib eshittirdi. General-leytenant B. Matlyubov vazir stipendiatlari - 4-bosqich tinglovchisi Nafisa Xo‘janova, 3-bosqich tinglovchisi Dilmurod Alimuhamedov hamda 2-bosqich tinglovchisi Sarvinoz Dushanovalarga Faxriy yorliqlarni topshirarkan, ularning kelgusidagi faoliyatlariga muvaffaqiyat tiladi.

Tabrik uchun so‘z Ichki ishlar vaziri, general-leytenant B.Matlyubovga berildi. Vazir qasamyod qilgan tinglovchilarga yaratilgan imkoniyatlar, professor-o‘qituvchilar hamda ustoz-murabbiylar bilim va tajribalaridan unumli foydalanib, yetuk mutaxassis kadrlar bo‘lib yetishishlari lozimligini ta’kidladi. Ana shunday jasur va mard o‘g'il-qizlarga ta’lim-tarbiya bergan ota-onalar hamda ustozlarga minnatdorlik bildirdi. Ularning qasamyodni oqlashlariga umid bildirarkan, jumladan shunday dedi:

- Yurtimiz tinchligi va fuqarolarimiz xavfsizligini ta’minlashga qodir, tanlagan kasbiga mehr qo‘yib, adolat bilan ish yuritadigan, ichki ishlar idoralari xodimi degan yuksak nomga munosib bo‘lgan, xizmatda va aholi o‘rtasida yuksak madaniyat namunalarini ko‘rsata oladigan, o‘z kasbini sevadigan fidoyi xodimlargina ichki ishlar idoralari safida bo‘lmog'i kerak.

Bundan buyon asosiy vazifangiz - Akademiyada o‘rnatilgan tartib-intizomga rioya qilgan holda a’lo baholarga o‘qish, namunali xulqni namoyon etib, odobingiz va jamoat ishlarida faol ishtirokingiz bilan barchaga o‘rnak bo‘lishdan iboratdir. Qabul qilgan qasamyodingizga umrbod sodiq qolasiz va uni bilimga chanqoqlik, namunali intizom hamda fidokorona xizmatingiz bilan oqlaysiz, degan umiddaman.

Shundan so‘ng professor-o‘qituvchilar nomidan kafedra boshlig'i, polkovnik Baxtiyor Zokirov hamda ota-onalar nomidan Shohida Soipovalar so‘zga chiqib, el-yurt osoyishtaligini asrashdek muqaddas vazifani bajarishga shay turgan yoshlarning berilgan topshiriqlarni vijdonan va sidqidildan ado etishlari, ota-onasi hamda ustozlari ishonchini oqlashlarida omad yor bo‘lishini tiladi.

Birinchi bosqich tinglovchisi Rustam Abdullayev hamda uchinchi bosqich tinglovchisi, Ichki ishlar vazirining stipendiati Dilmurod Alimuhamedovlar qasamyod qabul qilganlarni hamda yig'ilganlarni bayram bilan tabriklab, yurtga sadoqat bilan xizmat qilishga tayyor ekanliklarini ta’kidlashdi.

Qasamyod qabul qilishdan oldin

"Tantanali ravishda qasamyod qilaman..."

O‘zbekiston Respublikasining Ichki ishlar vaziri general-leytenant B.A.Matlyubov Vazir stipendiatlariga diplomlar topshirmoqda

Tantanali marsh bilan o‘tish

Qarindoshlar farzandlarining quvonchlariga sherik

 

 

   
 

    © O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2011