² O'zbekcha ² ¡çáåê÷à ² Ðóññêèé ² English ²      

 

 

 

 

 

Aloqa uchun ma’lumot:

Manzil:

100197, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh,  Intizor ko‘ch, 68.

Tel.:

265-22-52 (navbat.),

265-17-53 (faks),

265-13-55 (kotibiyat).

Ishonch telefonlari:

265-22-56

265-91-39

265-17-52

E-mail:

akadmvd@uzsci.net

 

 

 
Rambler's Top100
 

 

 

Amaliy ko‘nikmalar shakllantirish

 

2011 yilning 2-3 sentabr kunlari Toshkent shahar Yunusobod tuman IIB “Bobodehqon” mahallasi 400-sonli hamda Hamza tuman IIB “Usmon Nosir” mahallasi 269-sonli namunali militsiya tayanch punktlari qoshida tashkil etilgan jinoyatlarning oldini olish kafedrasining maxsus filiallarida «Jinoyatlarning oldini olish faoliyati» mutaxassisligi bo‘yicha ta’lim olayotgan tinglovchilar bilan “Militsiya tayanch punktlari faoliyatini tashkil etish” mavzuida amaliy mashg'ulotlar o‘tkazildi. Amaliy mashg'ulotlar profilaktika inspektorlari tomonidan mahalla fuqarolar yig'ini raislari, mahalla posbonlari, diniy-ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchilar, yarashtirish komissiyasi a’zolari ishtirokida o‘tkazildi.

Mashg'ulotlar davomida jamoat xavfsizligini ta’minlash va huquqbuzarliklarning oldini olish faoliyatining samaradorligini oshirishda profilaktika inspektorlarining jamoatchilik bilan hamkorligi muhim ekanligi ta’kidlab o‘tildi.

O‘tkazilgan mashg'ulotlar natijasida tinglovchilar tomonidan ma’ruza mashg'ulotlarida olingan nazariy bilimlar mustahkamlandi hamda ularda militsiya tayanch punktlarining faoliyatini to‘g'ri tashkil etish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar shakllantirildi.
 

 

 

 

   
 

    © O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2011