² O'zbekcha ² ¡çáåê÷à ² Ðóññêèé ² English ²      

 

 

 

 

 

Aloqa uchun ma’lumot:

Manzil:

100197, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh,  Intizor ko‘ch, 68.

Tel.:

265-22-52 (navbat.),

265-17-53 (faks),

265-13-55 (kotibiyat).

Ishonch telefonlari:

265-22-56

265-91-39

265-17-52

E-mail:

akadmvd@uzsci.net

 

 

 
Rambler's Top100
 

 

 

Inson huquqlari bo‘yicha davra suhbati

 

2011 yil 14 oktabr kuni IIV Akademiyasida inson huquqlari nazariyasi va amaliyoti kafedrasi tomonidan tashkil etilgan «Qiynoq hamda muomala va jazolashning o‘ta shafqatsiz, insoniylikka zid yoki qadr-qimmatni kamsituvchi turlariga qarshi konvensiya qoidalarining ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida bajarilishi» mavzuida davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirda Akademiyaning professor-o‘qituvchilari va malaka oshirish fakulteti tinglovchilari ishtirok etdilar.

Inson xuquqlari malaka oshirish fakultetida “Inson huquqlari umumiy nazariyasi” hamda “Inson huquqlari va ichki ishlar organlar faoliyati” fanlari doirasida o‘rganilmoqda. Ushbu fanlarga Qiynoqqa qarshi konvensiya bo‘yicha maxsus mavzular kiritlgan.

Ichki ishlar idoralari xodimlariga mazkur maxsus kurslarni o‘qitishni o‘z ichiga olgan metodologik yondashuv Akademiyada ishlab chiqilgan va tajribadan o‘tgan. U inson huquqlari bo‘yicha mazkur Konvensiyaning prinsiplari va mazmuniga, shuningdek O‘zbekistonda mustaqillik yillarida yaratilgan inson huquqlarini himoya qilish mexanizmiga asoslangan holda kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan ishlab chiqilgan.

Davra suhbatida inson huquqlarini ta’minlashda Qiynoqqa qarshi konvensiya normalarining ahamiyatiga bag'ishlangan multimedia taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Muhokama jarayonida bu kabi tadbirlar inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlashga qaratilgan xalqaro standartlar va milliy qonunchilikning mohiyati va ahamiyatini chuqurroq tushunishga xizmat qilishi haqidagi umumiy fikr bildirildi.
 

 

 

 

   
 

    © O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2011