² O'zbekcha ² ¡çáåê÷à ² Ðóññêèé ² English ²      

 

 

 

 

 

Aloqa uchun ma’lumot:

Manzil:

100197, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh,  Intizor ko‘ch, 68.

Tel.:

265-22-52 (navbat.),

265-17-53 (faks),

265-13-55 (kotibiyat).

Ishonch telefonlari:

265-22-56

265-91-39

265-17-52

E-mail:

akadmvd@uzsci.net

 

 

 
Rambler's Top100
 

 

 

Til va ma’naviyat

 

2011 yil 20 oktabr kuni IIV Akademiyasida O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili to‘g'risida”gi qonuni qabul qilingan kunga bag'ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Davra suhbatida Akademiyaning professor-o‘qituvchilar tarkibi, tinglovchilari, shuningdek malaka oshirish fakultetiga kelgan ichki ishlar idoralari amaliyotchi xodimlari ishtirok etdilar.

Tadbir davomida Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining professori, filologiya fanlari doktori, taniqli olim B.To‘xliyev, O‘zbekiston xalq yozuvchisi Tohir Malik, IIV Akademiyasi Tahririyat-noshirlik bo‘limining boshlig'i S.A.Razzoqov, Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedralari ilmiy-metodik kengashining raisi, iqtisod fanlari nomzodi, dotsent Sh.R.Qobilovning “Davlat tili to‘g'risida”gi qonunning hayotga joriy etilishi bilan bog'liq masalalar ko‘tarilgan ma’ruzalari tinglandi va muhokama etildi.

Ma’ruzalarni muhokama qilish vaqtida tilni bebaho ma’naviy meros, millatning sha’ni va tayanchi sifatida avaylab asrash, unga mas’uliyat bilan munosabatda bo‘lish bugun ayniqsa katta ahamiyat kasb etayotgani haqidagi umumiy fikrlar bildirildi.

Tadbir so‘ngida tinglovchilar ijrosida ona tiliga bag'ishlangan she’rlar yangradi.
 

 

 

 

   
 

    © O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2011