|
2011 yilning 12 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi IIV
Akademiyasining saf maydonida Serjantlar tarkibini tayyorlash bo‘yicha
oliy kurslar kursantlarining navbatdagi bitiruviga bag'ishlangan
tantana bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri
general-leytenant B.A.Matlyubov, vazir o‘rinbosari polkovnik
A.Sh.Mirzayev, IIV boshqarmalarining boshliqlari hamda tantanaga taklif
qilingan mehmonlar ishtirok etdilar.
Akademiya boshlig'i polkovnik Sh.T.Ikramov tadbirni ochar ekan, ushbu
ta’lim muassasasida kursantlar tajribali murabbiylar rahbarligida
chuqur bilim olib, tanlagan mutaxassisliklarining sir-asrorlarini
puxta o‘zlashtirganliklarini qayd etdi, ular IIV Akademiyasi Oliy
kurslarining bitiruvchisi degan yuksak nomni oqlab, Vatan oldidagi
burchlarini sharaf bilan bajarishlariga ishonch bildirdi.
Shundan so‘ng kursantlarga diplomlar tarqatildi.
|
 |
 |
|
Vipuskniki v stroyu |
Pozdravleniye vipusknikam |
Ichki ishlar vaziri general-leytenant B.A.Matlyubov
bitiruvchilarni hayotidagi unutilmas voqea bilan tabriklar ekan,
huquq-tartibot himoyachisi kasbi uchun mustahkam iroda, yuksak
mas’uliyat, yuqori malaka talab qilinishini ta’kidlab o‘tdi. U
bitiruvchilarning Oliy kurslarda olgan bilimlardan o‘z kasbiy faoliyati
jarayonida samarali foydalanishlari, bor kuch-g'ayratlarini xizmat va
fuqarolik burchini namunali bajarishga qaratishlari, Ichki ishlar
vazirligi va Akademiyaning yuksak ishonchini oqlashlariga umid bildirdi.
|
 |
 |
|
Ministr vnutrennix del general-leytenant Matlyubov B.A. vruchayet diplomi otlichnikam |
|
 |
 |
|
Proshchaniye s Boyevim znamenem Akademii |
|
 |
 |
|
Torjestvenniy marsh |
Bitiruvchilarni ota-onalar nomidan – F.U.Isayeva,
ta’lim muassasasi o‘qituvchilar tarkibi nomidan Oliy kurslar maxsus
fanlar sikli boshlig'i M.Z.Ziyodullayev tabrikladilar.
Bunga javoban bitiruvchilar nomidan kichik serjant
A.A.Pirnazarov so‘zga chiqdi.
|
 |
 |
|
Roditeli mogut gorditsya takimi
detmi! |
|