|
2011 yilning 16 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar
vazirligi Akademiyasi Murabbiylar Kengashining tashabbusi bilan ta’lim
muassasasiga yangidan ishga kelib otaliqqa olingan xodimlar va
ularning murabbiylari bilan mamlakatimiz tinchligi va osoyishtaligini
saqlash uchun Ichki ishlar vazirligining mas’ul lavozimlarida uzoq
yillar ishlab, ulkan hayot yo‘lini bosib o‘tgan va hozir jinoyatlarning
oldini olish kafedrasida ta’lim berayotgan iste’fodagi polkovnik Anvar
Qayumovich Devyatov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Akademiya
kafedra, bo‘lim va xizmatlarining taklif qilingan tajribali murabbiy
xodimlari, o‘quv muassasasiga yangidan ishga qabul qilingan ofitser,
serjant va safdorlar tarkibidan bo‘lgan xodimlar qatnashdilar.
|
 |
 |
Ma’lumki, hozirgi kunda yosh avlodni Vatanimizning munosib
farzandlari bo‘lib yetishishlari uchun muqaddas an’analar, qadriyatlar
ruhida yuksak ma’naviyatli qilib tarbiyalash davlat siyosati
darajasiga ko‘tarildi. Shu munosabat bilan A.Q. Devyatov mazkur
uchrashuvda o‘zining ichki ishlar idoralarida ishlagan yillaridagi
murakkab, ammo qiziqarli va sharafli xizmati, ish jarayonida
uchragan kutilmagan hodisalar, turli vaziyatlar hamda ularni
bartaraf etish yo‘llari, hayotidagi boshqa ibratli voqealar haqida
so‘zlab berdi. U ichki ishlar idorasi xodimi kasbi doimo
mehnatsevarlik, sabot va matonatni, mardlik va jasurlikni talab
qilishini uqtirgan holda, buning uchun shu sohada xizmat qilayotgan
har qaysi xodimning, kim bo‘lishidan qat’i nazar, vijdon amriga
bo‘ysunishi, kishilar bilan munosabatda samimiy, xushmuomalada bo‘lib,
kasb madaniyati talablariga rioya etishi, tafakkurini boyitib
borishi, qonunlar va normativ hujjatlarni, Vazirlikning kasbga
doir buyruq va ko‘rsatmalarini puxta o‘zlashtirib, ularga qat’iy
rioya qilishi kerakligiga alohida urg'u berdi.
A.Q. Devyatovning ta’lim-tarbiya va ma’naviyatni oshirishga doir
qiziqarli va mazmunli suhbati amaliyotdan kelib, ilmiy-tadqiqot
ishlari bilan shug'ullanayotgan yosh tadqiqotchilar hamda xizmatni endi
boshlayotgan xodimlar uchun foydali nasihat, o‘git sifatida qadrlidir.
Tadbir yakunida iste’fodagi polkovnik A.Q. Devyatovga gullar taqdim
etilib, maroqli uchrashuv uchun chuqur minnatdorchilik bildirildi.
|