|
|
Kriminalistik poligonining ochilishi |
Bitiruv tantanasidan so‘ng Akademiya kriminalistik poligonining
faoliyati boshlanishiga bag'ishlangan tadbir ham bo‘lib o‘tdi.
Kriminalistika poligonining hududida avtomobil yo‘lining bir qismi,
xonadon, choyxona, do‘kon, yordamchi xonalar maketlari jihozlangan,
portlash joyining maketi, tegishli multimedia vositalariga ega
sinfxona foydalanishga tayyor holga keltirilganligi, Akademiyaning
kunduzgi ta’lim, Oliy akademik kurslar, Serjantlar tarkibini
tayyorlash bo‘yicha oliy kurslar hamda Ichki ishlar organlari
ofitserlarining malakasini oshirish fakultetida ta’lim olayotgan
tinglovchi va kursantlarga yo‘l-transport hodisasi, bezorilik, o‘g'rilik,
talonchilik, bosqinchilik, odam o‘ldirish, narkotik vositalar yoki qurol-yarog'larni
noqonuniy saqlash jinoyatlari bo‘yicha tergov-tezkor guruhi tarkibida
tegishli xodimning harakatlarini bajarishni, jinoyat izlarini topish,
qayd etish va rasmiylashtirish usullarini, protsessual hujjatlar tuzish,
hodisaning sodir bo‘lishiga oid tusmollar ishlab chiqish va tekshirish
usullari hamda metodikasini o‘rgatish rejalashtirilayotgani haqida ichki
ishlar vaziriga axborot berildi.
Ushbu tadbirda ichki ishlar vaziri, vazirlik sohaviy xizmatlarining
rahbarlari, Akademiya professor-o‘qituvchilari hamda tinglovchi va
kursantlari ishtirok etdilar.
|
 |
 |
|
 |
 |
Kriminalistik poligonning faoliyati bilan tanishish jarayonida
ichki ishlar vaziri B.A.Matlyubov tayyorlangan shart-sharoitlardan
Ichki ishlar idoralari ofitserlarining malakasini oshirish
fakultetiga qayta tayyorlash va malaka oshirishga kelgan ichki ishlar
xodimlarining kasb mahoratini oshirishda, ularning amaliy
ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazishda ham kengroq foydalanish
zarurligi, shuningdek kriminalistik poligonda shakllantirilgan
ko‘nikmalardan har qaysi bitiruvchining ichki ishlar idoralarining
amaliy faoliyatida erkin foydalana olishiga erishish, jumladan
nafaqat ekspert-kriminalistika sohasi bo‘yicha, balki «Tergov
faoliyati», «Tezkor-qidiruv faoliyati», «Jinoyatlarning oldini olish
faoliyati» mutaxassisliklari bo‘yicha ta’lim olgan tinglovchilar ham
hodisa sodir bo‘lgan joyda qoldirilgan izlarni topish, qayd qilish
va protsessual rasmiylashtirish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi shartligini
va bu ishlarda kriminalistik poligonning ahamiyati kattaligini
ta’kidladi.
|