² O'zbekcha ² ¡çáåê÷à ² Ðóññêèé ² English ²      

 

 

 

 

 

Aloqa uchun ma’lumot:

Manzil:

100197, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh,  Intizor ko‘ch, 68.

Tel.:

265-22-52 (navbat.),

265-17-53 (faks),

265-13-55 (kotibiyat).

Ishonch telefonlari:

265-22-56

265-91-39

265-17-52

E-mail:

akadmvd@uzsci.net

 

 

 
Rambler's Top100
 

 

 

«O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning «O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida» asarining nazariy va amaliy jihatlari» mavzuidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

 

2011 yil 22 noyabr kuni IIV Akademiyasi Ma’naviyat va ma’rifat markazida «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning «O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida» asarining nazariy va amaliy jihatlari» mavzuidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi.

Konferensiyaning maqsadi «O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida» nomli asarining mazmun-mohiyatini chuqur o‘rganish, istiqlol mohiyatini, “tarixiy burilish pallasida xalq dardi, millat qayg'usi buyuk shaxslarni yaratishi”ni yanada chuqurroq anglash, ushbu noyob asarni keng targ'ib qilish orqali muqaddas istiqlolimiz qadriga yetish, uni asrab-avaylash, mustaqillikni mustahkamlash va o‘zlikni anglashga da’vat etuvchi tarixiy manba sifatidagi ahamiyatini keng targ'ib etish, pirovard natijada mazkur maqsadga erishishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

Konferensiya ishida O‘zbekiston Respublikasi Tarixchilar jamiyati va Shahidlar xotirasi jamoat fondi raisi, Qatag'on qurbonlari xotirasi muzeyi direktori, tarix fanlari doktori, professor B. V. Hasanov, “O‘zbekiston ovozi” gazetasi bosh muharriri O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist S. Ostonov, Toshkent davlat yuridik instituti, O‘zbekiston Respublikasi IIV Toshkent oliy harbiy-texnika bilim yurti, Serjantlar tarkibini qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi, O‘zbekiston Respublikasi Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Respublikasi IIV Birlashgan tahririyatidan vakillar, shuningdek Vazirlik Akademiyasi professor-o‘qituvchilari va tinglovchilar ishtirok etdi.

Konferensiyada «O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida» nomli asarining nazariy va amaliy jihatlari, xususan: asarda tarixiy haqiqat va adolatning tiklanishi masalalarining yoritilishi; unda 1989–1991 yillardagi siyosiy vaziyatning, mamlakatimizning iqtisodiy negizlarini mustahkamlash to‘g'risidagi fikrlarning aks etishi; asarning tarixiy jihatlari, shuningdek milliy g'oya va demokratik qadriyatlarning uyg'unligi kabi qator dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Konferensiya dasturiga asosan, istiqlolimizning yigirma yillik to‘yi arafasida O‘zbekiston televideniyesi orqali namoyish etilgan “Mustaqillik arafasida yoki sho‘rolarning so‘nggi talvasasi” filmi ishtirokchilarga taqdim etildi.

Konferensiya yakunida tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi. Xususan, Akademiya boshlig'i tomonidan anjuman ishtirokchilarining ma’ruza va chiqishlaridagi ma’lumotlar, taklif va xulosalar Akademiya o‘quv jarayoniga keng tatbiq etish, “Ma’rifat soatlari” va “Ijtimoiy-siyosiy o‘qish” mashg'ulotlarida samarali foydalanish uchun umumlashtirilishi, davlatimiz rahbarining «O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida» nomli kitobi mamlakatimiz mustaqillik nazariyasiga qo‘shilgan ulkan hissa ekanligi, asarning butunlay birlamchi, asl manbalar asosida yaratilgani, uning tarixiy va ilmiy qimmati professor-o‘qituvchilar tomonidan chuqur o‘rganilib, yoshlar e’tiboriga muntazam ravishda yetkazib borish yo‘lga qo‘yilishi, ushbu kitob negizida metodik qo‘llanmalar, uslubiy tavsiyanomalar, o‘quv qo‘llanmalari hamda ilmiy, ilmiy-ommabop nashrlarning chop etilishi, shuningdek mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tub islohotlarning mohiyati va ahamiyati tinglovchi va kursantlarga, keng jamoatchilikka yetkazish uchun tegishli tashkiliy amaliy, madaniy-ma’rifiy tadbirlar, targ'ibot-tashviqot ishlarini amalga oshirish doimiy ravishda e’tiborimiz markazida bo‘lishi ta’kidlandi.
 

 

   
 

    © O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2011