|
|
Faxriylar bilan uchrashuv
|
2011 yil 25 noyabr kuni IIV Akademiyasining o‘quv poligonida
Serjantlar tarkibini tayyorlash oliy kurslari 15-yig'in kursantlarining
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi faxriylari bilan
uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Faxriylar
kengashi raisining o‘rinbosari iste’fodagi general-mayor E.N. Norgitov,
iste’fodagi general-mayor R.K. Karimov va Akademiya faxriylar
kengashining raisi iste’fodagi polkovnik E. Q. Arifjonov ishtirok
etishdi.
Faxriylar Oliy kurslar safiga qabul qilingan kursantlarga
ichki ishlar tizimida bosib o‘tgan xizmat yo‘llari, ushbu sohaning
mashaqqatli, ammo sharafli tomonlarini so‘zlab berdilar.
Faxriylar kursantlarga o‘z kasblarining fidoyisi bo‘lishlariga,
kelajakda xizmat vazifalarini bajarishda uchraydigan har qanday
to‘siqlarni sabot bilan yengib, yuqori martabalarga erishishlariga tilak
bildirdilar.
Tadbir mazmunli o‘tdi, faxriylarning maroqli suhbatlari, bergan
o‘gitlari kursantlarda juda katta taassurot qoldirdi.
Serjantlar tarkibini tayyorlash oliy kurslarining kursantlari
nomidan so‘zga chiqqan 11-guruh kursanti I.I.Raximxo‘jayev faxriylarga
qiziqarli uchrashuv uchun minnatdorchilik bildirdi.
|