² O'zbekcha ² ¡çáåê÷à ² Ðóññêèé ² English ²      

 

 

 

 

 

Aloqa uchun ma’lumot:

Manzil:

100197, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh,  Intizor ko‘ch, 68.

Tel.:

265-22-52 (navbat.),

265-17-53 (faks),

265-13-55 (kotibiyat).

Ishonch telefonlari:

265-22-56

265-91-39

265-17-52

E-mail:

akadmvd@uzsci.net

 

 

 
Rambler's Top100
 

 

 

Tanosil yoki OIV kasalligi/OITSni tarqatishga qarshi kurashning huquqiy choralari

 

2011 yil 24 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasida jinoyat huquqi kafedrasi tashabbusi bilan «Tanosil yoki OIV kasalligi/OITSni tarqatishga qarshi kurashning huquqiy choralari» mavzuida ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Konferensiyada IIV Akademiyasining professor-o‘qituvchilari va tinglovchilari ishtirok etdilar.

Tadbirni jinoyat huquqi kafedrasining boshlig'i professor R. Kabulov kirish so‘zi bilan ochib, tanosil yoki OIV kasalligi/OITSni tarqatish bilan bog'liq jinoyatlarga qarshi kurashning dolzarbligi, ushbu turdagi jinoyatlarning ijtimoiy xavflilik darajasi hamda ularning oldini olish muammolariga oid nazariy va amaliy jihatlarga batafsil to‘xtaldi.

Konferensiya davomida «Tanosil yoki OIV kasalligi/OITSni tarqatish jinoyatining ijtimoiy xavfliligi va javobgarlik asoslari», «Jinsiy aloqa yo‘li bilan yuqadigan kasalliklar haqida umumiy ma’lumot va ularning profilaktikasi», «Tanosil yoki OIV kasalligi/OITSni tarqatish jinoyatini kvalifikatsiya qilish muammolari», «Tanosil yoki OIV kasalligi/OITSni tarqatish uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi normalarni takomillashtirish masalalari» mavzularidagi ma’ruzalar tinglandi.

Konferensiyada tanosil yoki OIV kasalligi/OITSni tarqatish bilan bog'liq jinoyatlarga qarshi kurashish sohasidagi munosabatlarni tartibga solish, mazkur jinoyatlarni kvalifikatsiya qilish, ularni sodir etganlik uchun javobgarlik va jazo choralarini qo‘llash jinoyat qonunchiligi prinsiplari va jazoning maqsadlariga mos kelishi lozimligi, ushbu sohadagi muammolar va ularning yechimi hamda bu turdagi jinoyatlarga qarshi kurashning huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish masalalari tahlil qilindi.

Konferensiya natijasi bo‘yicha tanosil yoki OIV kasalligi/OITSni tarqatishdan iborat jinoyatlarga qarshi kurashning jinoiy-huquqiy choralarini sud-huquq amaliyotida to‘g'ri qo‘llash, Jinoyat kodeksida ushbu turdagi jinoyatlar uchun jinoiy javobgarlikni nazarda tutuvchi normalarni takomillashtirish, ularga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni bevosita amalga oshiruvchi davlat organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish, mazkur jinoyatlarga qarshi kurash sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga doir qator takliflar ishlab chiqildi.

 

 

   
 

    © O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2011