˛ O'zbekcha ˛ O‘zbekcha ˛ Đóńńęčé ˛ English ˛      

 

 

 

 

 

Aloqa uchun ma’lumot:

Manzil:

100197, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh,  Intizor ko‘ch, 68.

Tel.:

265-22-52 (navbat.),

265-17-53 (faks),

265-13-55 (kotibiyat).

Ishonch telefonlari:

265-22-56

265-91-39

265-17-52

E-mail:

akadmvd@uzsci.net

 

 

 
Rambler's Top100
 

 

 

Hozirgi zamonning asosiy tajovuzlari: terrorizm, narkobiznes, odam savdosiga qarshi kurash jarayonida inson huquqlarini ta’minlash

 

2011 yil 29 noyabr – 1 dekabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi hamda YeXHTning O‘zbekistondagi loyihalari Koordinatori bilan hamkorlikda «Hozirgi zamonning asosiy tajovuzlari: terrorizm, narkobiznes, odam savdosiga qarshi kurash jarayonida inson huquqlarini ta’minlash» mavzuida xalqaro seminar-trening o‘tkazildi.

Seminarda IIV Akademiyasining professor-o‘qituvchilari, YeXHTning tegishli xalqaro ekspertlari, huquqni muhofaza qilish organlari, oliy ta’lim muassasalari va ommaviy axborot vositalarining vakillari ishtirok etishdi.

Tadbirni ochish vaqtida IIV Akademiyasi boshlig'ining birinchi o‘rinbosari M.T. Turgunov va YeHXTning O‘zbekistondagi loyihalari Koordinatori elchi Ishtvan Vensel seminar-trening mavzuining dolzarbligini, hozirgi davrda terrorizm, narkobiznes va odam savdosiga qarshi kurash alohida ahamiyat kasb etayotganligini aytib o‘tdilar.

Fuqarolarimizning o‘z huquq va erkinliklarini amalga oshirishlarining kafolati va ularning xavfsizligi, erkinligini ta’minlash maqsadida respublikamizda o‘tgan yillar mobaynida bunday jinoyatlarning oldini olish va ularga qarshi kurashish borasida aniq maqsadga qaratilgan ishlar amalga oshirildi. Jumladan, IIV Akademiyasi tomonidan ham bu borada qator tadbirlar o‘tkazilib, inson huquq va erkinliklarini himoya qilish hamda ta’minlash, jinoyatchilikning barcha ko‘rininshlariga qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro hamkorlik rivojlantirilmoqda. YeXHTning O‘zbekistondagi loyihalari Koordinatori trening ishtirokchilariga terrorizm, narkobiznes va odam savdosiga qarshi kurash jarayonida inson huquq va erkinliklarini ta’minlash borasidagi tajriba almashuvlari hamma uchun foydali ekanligini va shu bois bunday tadbirlarni muntazam ravishda o‘tkazish zarurligini ta’kidladi.

Mashg'ulotlar davomida xalqaro ekspertlar seminar ishtirokchilarini EXHTga a’zo mamlakatlarda transmilliy jinoyatlarga qarshi kurashning tashkil qilinishi bilan tanishtirdilar.

Seminarda Akademiya professor-o‘qituvchilari tomonidan «O‘zbekiston Respublikasi IIV tizimi xodimlarining o‘z vakolatlarini amalga oshirishlari jarayonida inson huquqlariga rioya etishlari», «Terrorizm – hozirgi zamonga tahdidlardan biri sifatida: muammolar va ularni hal etish yo‘llari», «Xalqaro terrorizm va diniy ekstrimizmning O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy tuzumiga tahdidi», «Odam savdosi va narkotik vositalarning noqonuniy oldi-sotdisi bilan bog'liq jinoyatlarni tergov qilishda inson huquq va erkinliklarini ta’minlash» mavzularida ma’ruzalar o‘qildi.

Seminar-trening davomida uning ishtirokchilari narkobiznes va odam savdosiga qarshi kurash sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi mutaxassislarni kasbga tayyorlash tajribasi bilan tanishdilar. Politsiya xodimlarining bu kabi jinoyatlarga qarshi kurashni amalga oshirish borasidagi ta’lim dasturlari va ularning mazmuni, o‘quv mashg'ulotlarining shakl va usullari ko‘rib chiqildi.

Tadbirda huquqni muhofaza qilish organlari profilaktik faoliyatining turli jihatlari yuzasidan keng fikr almashuvi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar idoralaridagi jinoyat qidiruv va terrorizmga qarshi kurash xizmatlarining terrorizm, narkobiznes, odam savdosi jinoyatlarining oldini olish borasidagi tajribasi xalqaro ekspertlarda katta qiziqish uyg'otdi.

Akademiya boshlig'ining birinchi o‘rinbosari M.T. Turgunov seminar-treningga yakun yasar ekan, YeXHT mamlakatlari huquqni muhofaza qilish organlarining tajribasi bilan tanishish imkonini yaratganliklari uchun YeXHT loyihalarining Koordinatori va xalqaro ekspertlarga samimiy minnatdorchilik bildirdi. U bunday tadbirlar turli mamlakatlarda yashovchi hamkasblar uchun huquqni muhofaza qilish tuzilmalari xodimlarining kasbiy mahoratini oshirish sohasida tajriba almashishning muhim vositasi ekanligini ta’kidladi.

Tadbir so‘ngida seminar-trening ishtirokchilariga tegishli sertifikatlar topshirildi.

 

 

   
 

    © O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2011