˛ O'zbekcha ˛ ˇçáĺę÷ŕ ˛ Đóńńęčé ˛ English ˛      

 

 

 

 

 

Aloqa uchun ma’lumot:

Manzil:

100197, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh,  Intizor ko‘ch, 68.

Tel.:

265-22-52 (navbat.),

265-17-53 (faks),

265-13-55 (kotibiyat).

Ishonch telefonlari:

265-22-56

265-91-39

265-17-52

E-mail:

akadmvd@uzsci.net

 

 

 
Rambler's Top100
 

 

 

«Salomatligingiz o‘z qo‘lingizda!» shiori ostidagi davra suhbati

 

2011 yil 2 dekabr kuni IIV Akademiyasi tibbiy tayyorgarlik kafedrasi tomonidan professor-o‘qituvchilar, tinglovchi va kursantlar ishtirokida «Salomatligingiz o‘z qo‘lingizda!» shiori ostida davra suhbati o‘tkazildi.

«OITS/OIV, jinsiy aloqa orqali yuqadigan kasalliklar va narkomaniyaning profilaktikasi» mavzuida bo‘lib o‘tgan ushbu tadbirda OITS/OIV, tanosil kasalliklari va narkomaniya kasalliklarining yuqish yo‘llari, klinik manzarasi va profilaktik chora-tadbirlarni to‘g'ri tashkil qilishning ahamiyati haqida so‘z yuritildi. Akademiya professor-o‘qituvchilari va iqtidorli tinglovchilarining «OITS/OIV va tanosil kasalliklari (zahm, so‘zak)ning yuqish yo‘llari, klinik manzarasi, profilaktikasi», «OIV infeksiyasiga qarshi qo‘llaniladigan maxsus vaksinalarni ishlab chiqish istiqbollari», «Narkomaniya OITS/OIV kasalligi tarqalishining omili sifatida» mavzularidagi ma’ruzalari tinglandi. Ma’ruzalarda yetkazilgan dolzarb ma’lumotlar tadbir ishtirokchilari tomonidan qizg'in muhokama qilindi. Ular o‘zlarini qiziqtirgan savollarga to‘liq javoblar oldilar.

Tinglovchi va kursantlar davra suhbati davomida olgan bilimlaridan sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish va mazkur kasalliklarning oldini olishga qaratilgan kelgusi amaliy ishlarida foydalanishlari mumkin.
 

 

 

 

 

   
 

    © O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2011