|
|
«O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasi – taraqqiyotimizning huquqiy asosi» mavzuidagi
umumakademik anjuman
|
2011 yilning 2 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi IIV
Akademiyasida konstitutsiyaviy huquq kafedrasi tomonidan tashkil
qilingan «O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi – taraqqiyotimizning
huquqiy asosi» mavzuidagi umumakademik konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Konferensiya ishida ta’lim muassasasining professor-o‘qituvchilari,
jamoat xavfsizligini ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashishdagi
dolzarb masalalar loyihasining ilmiy xodimlari, tarbiyaviy ishlar
bo‘limi va Oliy akademik kurslar vakillari hamda Akademiya
tinglovchilari ishtirok etdilar.
Konferensiyani IIV Akademiyasi boshlig'ining birinchi o‘rinbosari
yuridik fanlar nomzodi M.T.Turg'unov kirish so‘zi bilan ochdi.
Konferensiya jarayonida konstitutsiyaviy modernizatsiya,
mamlakatning Asosiy qonunida belgilangan inson huquqlari va
erkinliklarining kafolatlari, Konstitutsiya va qonunlarning
ustunligi masalalariga bag'ishlangan ma’ruzalar tinglandi, xorijiy
davlatlar konstitutsiyalari va O‘zbekiston Respublikasining
Konstitutsiyasi qiyosiy-huquqiy tahlil qilindi.
Konferensiya ishi yakunida tinglovchilar tomonidan berilgan
savollarga javoblar, konstitutsiyaviy huquq sohasidagi tadqiqotlarni
takomillashtirish, konstitutsiyaviy modernizatsiya masalalarini ta’lim
jarayonida chuqur va har tomonlama o‘rganishga qaratilgan taklif va
tavsiyalar berildi.
|