² O'zbekcha ² ¡çáåê÷à ² Ðóññêèé ² English ²      

 

 

 

 

 

Aloqa uchun ma’lumot:

Manzil:

100197, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh,  Intizor ko‘ch, 68.

Tel.:

265-22-52 (navbat.),

265-17-53 (faks),

265-13-55 (kotibiyat).

Ishonch telefonlari:

265-22-56

265-91-39

265-17-52

E-mail:

akadmvd@uzsci.net

 

 

 
Rambler's Top100
 

 

 

Ustoz xotirasi hamisha barhayot

 

2011 yil 3 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi «Ma’naviyat va ma’rifat markazida» ko‘p yillik pedagogik faoliyati Akademiya bilan bevosita bog'liq bo‘lgan huquqshunos olim, konstitutsiyaviy huquq sohasining taniqli mutaxassisi professor Rauf Qayumovichning porloq xotirasiga bag'ishlab anjuman o‘tkazildi.

Anjumanda mashhur olimlar, faxriylar, ilmiy muassasalar va oliy o‘quv yurtlarining vakillari, IIV Akademiyasining professor-o‘qituvchilari, shuningdek Rauf Qayumovichning oila a’zolari ishtirok etdilar. Uni IIV Akademiyasi boshlig'ining birinchi o‘rinbosari yuridik fanlar nomzodi M.T.Turg'unov ochdi. U olimning konstitutsiyaviy huquq fanining dolzarb masalalarini tadqiq etish borasidagi samarali mehnati mamlakatimiz yuridik fanida chuqur iz qoldirganligini ta’kidladi. Bugun Rauf Qayumovich kitoblarini minglab bo‘lg'usi huquqshunoslar o‘rganib saboq olmoqdalar, u kishining shogirdlari esa ustozlarining ezgu ishlarini davom ettirmoqdalar.

Tadbirda TDYuI professori, yuridik fanlar doktori A.I.Abdumajidov, IIV Akademiyasi davlat va huquq nazariyasi va tarixi kafedrasining professori yuridik fanlar doktori M.M.Fayziyev, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazining direktori yuridik fanlar doktori, professor A.X.Saidov, Rauf Qayumovichning shogirdlari, turmush o‘rtog'i so‘zga chiqib, ustoz alloma haqidagi iliq xotiralarini o‘rtoqlashdilar.

Anjumanda Rauf Qayumovichning xotirasiga bag'ishlab nashrdan chiqarilgan hamda olimning safdoshlari, shogirdlari, do‘st-birodarlarining xotiralari o‘rin olgan «Etuk huquqshunos olim va mohir pedagog» kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

 

 

 

   
 

    © O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2011