˛ O'zbekcha ˛ ˇçáĺę÷ŕ ˛ Đóńńęčé ˛ English ˛      

 

 

 

 

 

Aloqa uchun ma’lumot:

Manzil:

100197, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh,  Intizor ko‘ch, 68.

Tel.:

265-22-52 (navbat.),

265-17-53 (faks),

265-13-55 (kotibiyat).

Ishonch telefonlari:

265-22-56

265-91-39

265-17-52

E-mail:

akadmvd@uzsci.net

 

 

 
Rambler's Top100
 

 

 

Prezident kitoblarining taqdimoti

 

 

2011 yil 9 dekabr kuni IIV Akademiyasi o‘quv kutubxonasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish – mamlakatimiz taraqqiyotining asosiy mezonidir” nomli 19-jildi va “O‘zbekiston mustaqillika erishish ostonasida” nomli asarlari taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti kafedrasi professor-o‘qituvchilari, birinchi va uchinchi kurs tinglovchilari ishtirok etdilar.

Taqdimotda so‘zga chiqqanlar davlatimiz boshlig'ining asarlari jamiyatimizni demokratiya yo‘lidan yanada rivojlantirish metodologiyasi ekanligini ta’kidlab o‘tdilar. Prezident kitoblari mamlakatimizning har bir fuqarosi, ayniqsa yoshlarni mustaqillikning, hozirgi tinch va osoyishta turmushimizning qadriga yetishga chorlaydi. Mamlakat Prezidentining asarlari chuqur va har tomonlama o‘rganilishi lozim, chunki ularda hayotimizni yangilash va yanada demokratlashtirish, huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati barpo etishning harakat dasturi bayon qilingan.


Tinglovchilar taqdimot jarayonida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha va batafsil javob oldilar. Kitob taqdimoti qatnashchilarda katta taassurot qoldirdi.

 

 

 

 

 

   
 

    © O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2011