˛ O'zbekcha ˛ ˇçáĺę÷ŕ ˛ Đóńńęčé ˛ English ˛      

 

 

 

 

 

Aloqa uchun ma’lumot:

Manzil:

100197, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh,  Intizor ko‘ch, 68.

Tel.:

265-22-52 (navbat.),

265-17-53 (faks),

265-13-55 (kotibiyat).

Ishonch telefonlari:

265-22-56

265-91-39

265-17-52

E-mail:

akadmvd@uzsci.net

 

 

 
Rambler's Top100
 

 

 

Korrupsiyaga qarshi kurash: muammo va echimlar

 

2011 yil 14 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasining Ma’naviyat va ma’rifat markazida «Korrupsiyaga qarshi kurash: muammo va yechimlar» mavzuida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi.

Konferensiyada O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi Ichki ishlar ofitserlari malakasini oshirish fakulteti professor-o‘qituvchilari va o‘quv yig'inida ishtirok etayotgan tinglovchilar, Oliy akademik kurslari xodimlari va tinglovchilari hamda IIV Akademiyasi professor-o‘qituvchilari va tinglovchilari, shuningdek Serjantlar tarkibini tayyorlash oliy kurslari professor-o‘qituvchilari va kursantlari ishtirok etdi.

Konferensiya ishini O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi boshlig'ining birinchi o‘rinbosari yuridik fanlar nomzodi, podpolkovnik M. T. Turg'unov kirish so‘zi bilan ochib berdi. U bugungi anjuman mavzuining dolzarbligi va ahamiyatini ta’kidlarkan, korrupsiyaga qarshi kurash, eng avvalo, mamlakatimizda jadal sur’atlarda olib borilayotgan huquqiy islohotlar sharoitida inson va fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini samarali himoya qilishning muhim vositalaridan biri ekanligini e’tirof etdi.

Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimov asarlarida korrupsiyaga qarshi kurashning zarurligi masalalari atroflicha yoritilganligi, uni yuzaga keltiruvchi sabablar va shart-sharoitlar hamda korrupsiyaning huquqiy demokratik davlat va erkin fuqarolik jamiyatini qurish yo‘lini tanlagan mamlakatlar uchun katta xavf tug'dirishi keng ochib berilganligi ta’kidlandi. Shuningdek, konferensiya ishida korrupsiyaviy jinoyatchi shaxsning kriminologik tavsifi, korrupsiyaga qarshi kurashning huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish, korrupsiyaga qarshi kurash va uning oldini olishda antikorrupsiyaviy ekspertizaning o‘rni, korrupsiyaga qarshi kurashda xorijiy mamlakatlar tajribasi kabi qator dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Qizg'in bahsu munozaralarga, turli qarashlar va fikr-mulohazalarga boy bo‘lgan anjuman yakunida korrupsiyaga qarshi kurashishdagi muammolar va ularning yechimlariga doir tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

 

 

   
 

    © O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2011