˛ O'zbekcha ˛ ˇçáĺę÷ŕ ˛ Đóńńęčé ˛ English ˛      

 

 

 

 

 

Aloqa uchun ma’lumot:

Manzil:

100197, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh,  Intizor ko‘ch, 68.

Tel.:

265-22-52 (navbat.),

265-17-53 (faks),

265-13-55 (kotibiyat).

Ishonch telefonlari:

265-22-56

265-91-39

265-17-52

E-mail:

akadmvd@uzsci.net

 

 

 
Rambler's Top100
 

 

 

Mehmonlar tashrifidan dillar shodlandi

 

O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi vakillari tomonidan Yangi 2012 yil arafasida Toshkent shahar xalq ta’limi 21-Mehribonlik uyi Yunusobod filiali tarbiyalanuvchilariga sovg'a sifatida ko‘rkam archa taqdim etildi.

Bu yerda mehmonlar tashrifidan dillar shodlanadi. Shuning uchun Akademiya vakillarini odatda tarbiyalanuvchilar qadrdonlardek xushnudlik bilan kutib olishadi. Bolalarning ko‘zlarida “Bizga yana nimalar olib keldingiz” degandek, biroz hayrat va shodlik aks etgan. Akademiya vakillari Mehribonlik uyi xodimlari, o‘g'il-qizlar bilan samimiy hol-ahvol so‘rashganlaridan so‘ng, hamma inoqlik bilan naq uch metr keladigan qish malikasi – go‘zal archani bezatishga kirishib ketdi. Ishlar qizigandan qizidi va ko‘p o‘tmay hamma chiroyli Yangi yil archasi atrofida birgalashib esdalik uchun rasmga tushdi! Archa o‘yinchoqlarining yorug'idan bolalarning yuzlariga shodlik balqidi.

Mehribonlik uyining tarbiyalanuvchilari O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasida bo‘lib o‘tadigan yangi yil bayrami tadbiriga taklif etildilar.

 

 

 

 

   
 

    © O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2011