|
2011 yil 18 dekabr kuni IIV Akademiyasining Ma’naviyat va ma’rifat
markazida Serjantlar tarkibini tayyorlash oliy kurslarida O‘zbek Davlat
drama teatri san’atkorlari bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Ushbu tadbirga xalq ardog'idagi san’at ustalari tashrif buyurishdi.
Ulardan O‘zbekiston xalq artistlari Dilbar Ismoilova, Abzal Rafiqov,
Aziza Begmatova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Jumadilla
Rametov, Dono Boboxonova, Munojat Teshaboyeva, aktyorlar Po‘lat Normatov,
Yunus Asqarov, Mahbuba Hurramova, Nodir Mirzahmedov sahna
ko‘rinishlaridan namoyish etishdi.
Tadbirni O‘zbekiston xalq artisti Abzal Rafiqov olib bordi.
Kechada “Qiyomat qarz” va “Dadasining qizi” spektakllaridan
parchalar ko‘rsatib, qo‘shiqlar ijro etildi.
San’atkorlar kursantlarni qiziqtirgan savollariga javob berishdi.
Uchrashuv so‘ngida san’atkorlarga guldastalar va esdalik sovg'alari
topshirildi. Uchrashuv juda qiziqarli va maroqli o‘tdi.
|