|
|
Ichki ishlar organlari xodimlarini
kasbga tayyorlash masalalariga bag'ishlangan konferensiya
|
2011 yil 20 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasida
psixologiya va kasb etikasi kafedrasi tomonidan “Ichki ishlar organlari
xodimlarini kasbga tayyorlashning psixologik muammolari” mavzuida
ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi. Mazkur konferensiyadan ko‘zlangan
maqsad – ichki ishlar organlari xodimlarini kasbga tayyorlash bilan
bog'liq masalalarni hal qilishda psixologik va axloqiy bilimlardan
oqilona foydalana olish uquvlarini takomillashtirishdan iborat.
Konferensiyada Akademiya professor-o‘qituvchilari, o‘quv bo‘limi
vakillari, jamoat xavfsizligini ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi
kurashishdagi dolzarb masalalar loyihasi xodimlari hamda kunduzgi
ta’lim 1 va 4-o‘quv kursida ta’lim olayotgan tinglovchilar ishtirok
etdilar. Psixologiya va kasb etikasi kafedrasi boshlig'i, dotsent
R.M.Maxmudov konferensiyani kirish so‘zi bilan ochdi.
Anjumanda “Ichki ishlar organlari xodimlarining huquqiy
ijtimoiylashuvi”, “Ichki ishlar organlari xodimlarini kasbga
tayyorlashda psixologik bilimlarning o‘rni”, “Ichki ishlar organlari
xodimlarining kasbiy ko‘nikmalarini shakllantirishning psixologik
asoslari”, «Ichki ishlar idoralarida kasbiy tayyorgarlik
jarayonidagi ijtimoiy dezadaptatsiya» nomli ma’ruzalari bilan
ishtirok etgan ma’ruzachilar ichki ishlar idoralari xodimlarini
kasbga tayyorlashga oid dolzarb masalalarga alohida to‘xtalib
o‘tdilar.
Akademiyaning kunduzgi ta’lim tinglovchilarining «Ichki ishlar
idoralari xodimlarining kasb madaniyatini shakllantirishning o‘ziga xos
xususiyatlari», «Ichki ishlar organlari xodimlarining kasbga psixologik
moslashuvi», «Ichki ishlar organlari xodimlarini tayyorlashda kasbiy
psixologik treninglarning o‘rni» larning mavzusidagi ma’ruzalari
tinglandi.
Anjuman yakunida ko‘tarilgan masalalar yuzasidan ichki ishlar
organlari xodimlarini kasbga tayyorlash, ta’lim-tarbiya tizimini
takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.
|