|
2011 yil 25 dekabr kuni IIV Akademiyasining Ma’naviyat va ma’rifat
markazida Serjantlar tarkibini tayyorlash oliy kurslari
kursantlarining Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomchilik va
dizayn institutining bir guruh professor-o‘qituvchilari bilan ijodiy
uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu tadbirga tasviriy san’at fakulteti dekani Ch. A. Bekmirov,
amaliy san’at fakulteti dekani R.Norchayev, professor I.Voxidov,
kafedra mudiri Sh.Jumaniyazov va dotsentlar R.Rizamuxammedov,
E.Masharipov tashrif buyurishdi.
Tadbirga taklif etilgan mehmonlar bosib o‘tgan ijodiy yo‘li,
yaratgan asarlari haqida so‘zlab berishdi. Tasviriy san’at ustalari
mamlakatimizda o‘tkazilgan ko‘rgazmalar, O‘zbekiston Respublikasi
Mustaqillikka erishganidan so‘ng poytaxtimiz va turli viloyatlarda
qurilgan katta-katta binolarda o‘zbek rassomlari amalga oshirgan
ijodiy ishlar va izlanishlar to‘g'risida ham aytib o‘tdilar.
Tadbirda san’at ustalari tomonidan yaratilgan asarlar ko‘rgazmasi
ham tashkil etildi. Kursantlar ko‘rgazmani katta qiziqish bilan tomosha
qildilar.
|