˛ O'zbekcha ˛ ˇçáĺę÷ŕ ˛ Đóńńęčé ˛ English ˛      

 

 

 

 

 

Aloqa uchun ma’lumot:

Manzil:

100197, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh,  Intizor ko‘ch, 68.

Tel.:

265-22-52 (navbat.),

265-17-53 (faks),

265-13-55 (kotibiyat).

Ishonch telefonlari:

265-22-56

265-91-39

265-17-52

E-mail:

akadmvd@uzsci.net

 

 

 
Rambler's Top100
 

 

 

O‘zbekiston xalq yozuvchisi Tohir Malik ijodiga
bag'ishlangan badiiy kecha

 

2011 yil 27 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi Ma’naviyat va ma’rifat markazida O‘zbekiston xalq yozuvchisi Tohir Malikning 65 yillik tavallud kuniga bag'ishlangan adabiy-badiiy kecha bo‘lib o‘tdi. Kechada O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Mirzo Ulug'bek nomidagi milliy universitet, “Sharq yulduzi” jurnali vakillari, Akademiya professor-o‘qituvchilari va tinglovchilari, Toshkent oliy harbiy texnika bilim yurti hamda Yong'in xavfsizligi oliy texnika maktabi xodimlari va kursantlari qatnashdilar.

Badiiy kechani Akademiya boshlig'i, polkovnik Sh. T. Ikramov ochdi. U yozuvchining hayot yo‘li va serqirra ijodi haqida so‘zlab berdi, Tohir Malikni qutlug' yoshi bilan Akademiya jamoasi nomidan samimiy tabrikladi.

Kechani O‘zbekiston xalq artisti Yodgor Sa’diyev olib bordi. So‘zga chiqqan Mirzo Ulug'bek nomidagi Milliy universitet professori, O‘zbekiston fan arbobi Abdug'afur Rasulov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi nasr bo‘limining mudiri, “Sharq yulduzi” jurnalining bosh muharriri Ulug'bek Hamdam, Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Shukur Ťurbon, Akademiya 4-kurs tinglovchisi Mohinur Ťurbonova hamda Yong'in xavfsizligi oliy texnika maktabi 5-kurs kursanti Jasurbek Maribovlar Tohir Malik ijodi zamonaviy o‘zbek nasrining yorqin sahifasi ekanlagini, adibning ijodida zamonamizning ma’naviy-axloqiy masalalari o‘z aksini topganligini, uning “Shaytanat”, “Odamiylik mulki”, “Kelinlar daftariga”, “Jinoyatning uzun yo‘li” va boshqa ko‘plab asarlari minglab kitobxonlarning e’tiborini qozonib kelayotganligini ta’kidladilar.

Tadbir so‘ngida adibning o‘zi so‘zga chiqib, kecha ishtirokchilariga o‘z ijodiy rejalari haqida gapirib berdi va barcha ishtirokchilarga samimiy minnatdorchilik bildirdi.

Kecha so‘ngida qatnashchilarga Tohir Malikning asari asosida suratga olingan “Iblis devori” badiiy filmi namoyish etildi.

 

 

 

   
 

    © O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2011