|
|
Inson huquqlarini himoya qilish
masalalariga bag'ishlangan konferensiya
|
2011 yil 28 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasida
«Irqiy kamsitishning barcha shakllariga barham berish to‘g'risida
konvensiya hamda O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligi: muammolar
va istiqbollar» mavzuida konferensiya o‘tkazildi.
Konferensiya ishida Akademiya professor-o‘qituvchilari, Oliy akademik
kurslar tinglovchilari ishtirok etdilar.
Konferensiyani inson huquqlari nazariyasi va amaliyoti kafedrasi
boshlig'i v.b. yuridik fanlar nomzodi, dotsent A.A. Matchanov ochdi.
Anjumanda «Irqiy kamsitishning barcha shakllariga barham berish
to‘g'risidagi konvensiyaning O‘zbekiston Respublikasida tatbiq
etilishi», «Terrorizmga qarshi kurashda irqiy kamsitishga barham
berish muammolari», «Irqiy kamsitishning barcha shakllariga barham
berish to‘g'risidagi konvensiya talablarining ichki ishlar organlari
faoliyatidagi ahamiyati» mavzularida ma’ruzalar tinglandi.
Konferensiya bahs-munozaralarga boy o‘tdi va Konvensiya talablarini
bajarish borasida inson huquqlarini himoya qilish mexanizmini yanada
takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi. Bunday
tadbirlarning muntazam o‘tkazib turilishi inson huquqlari bo‘yicha
xalqaro standartlar va milliy qonunchilikning mazmunini yanada
chuqurroq anglashga imkon berishi, shubhasiz.
|