² O'zbekcha ² ¡çáåê÷à ² Ðóññêèé ² English ²      

 

 

 

 

 

Aloqa uchun ma’lumot:

Manzil:

100197, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh,  Intizor ko‘ch, 68.

Tel.:

265-22-52 (navbat.),

265-17-53 (faks),

265-13-55 (kotibiyat).

Ishonch telefonlari:

265-22-56

265-91-39

265-17-52

E-mail:

akadmvd@uzsci.net

 

 

 
Rambler's Top100
 

 

 

Yangi yil bayram konserti

 

2012 yil 2 yanvar kuni IIV Akademiyasining Ma’naviyat va ma’rifat markazida Serjantlar tarkibini tayyorlash oliy kurslari kursantlarini bayram bilan muborakbod etish maqsadida O‘zbek drama teatri aktyorlari tashrif buyurib, “Yangi yil bazmi” deb nomlangan konsert dasturini namoyish etishdi.

Ushbu tadbirga xalq sevgan san’at ustalari – O‘zbekiston xalq artistlari Elyor Nosirov va Aziza Begmatova; O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Madina To‘xtayeva, Jumadilla Rametov, Shohida Uzoqova, artistlar Tamara Mirmahsudova, Po‘lat Normatov, Sayfiddin Meyliyev, Dilmurod Masaidov, Farhod Murodov va Yunus Asqarov tashrif buyurib, sahna ko‘rinishlaridan lavhalar namoyish etishdi.

San’at ustalari tomonidan lirik qo‘shiqlar, she’rlar hamda teatr repertuaridan o‘rin olgan “Ayollar saltanati” va “Checha” spektakllaridan parchalar ijro etildi.

Konsert so‘ngida kursantlar san’atkorlarga minnatdorchilik bildirib, gullar taqdim etdilar.
 

 

 

 

 

   
 

    © O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2012