|
2012 yilning 12–13 yanvar kunlari IIV Akademiyasi Serjantlar
tarkibini tayyorlash oliy kurslarining Maxsus fanlar sikli tomonidan
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganligining 20
yilligi va Vatan himoyachilari kuniga bag'ishlangan «Siz O‘zbekiston
Respublikasi Qurolli Kuchlari va ichki ishlar idoralari tarixini
bilasizmi?» mavzuida viktorina tashkillashtirildi. Viktorinada
Serjantlar tarkibini tayyorlash oliy kurslarining turli yo‘nalishlar
bo‘yicha tahsil olayotgan kursantlari ishtirok etdilar.
Tadbirni Maxsus fanlar sikli boshlig'i vazifasini bajaruvchi, yuridik
fanlar nomzodi, dotsent M.Z. Ziyodullayev kirish so‘zi bilan ochib, ichki
ishlar idoralarining tarixi, mustaqillik yillarida O‘zbekiston
Respublikasi Qurolli Kuchlari va ichki ishlar idoralari tizimida amalga
oshirilgan islohotlarga qisqacha to‘xtalib o‘tdi hamda ishtirokchi
jamoalarga omad tiladi.
|
 |
 |
Viktorina ikki bosqichda o‘tkazilib, unda dastlab Yo‘l harakati
xavfsizligi xizmati yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim olayotgan
kursantlarning «Arsenal», Qo‘riqlash xizmati yo‘nalishining «Posbon»,
Jazoni ijro etish xizmati yo‘nalishining «Femida», Post-patrul
xizmati va jamoat tartibini saqlash faoliyati yo‘nalishining «Shunqorlar»,
Xorijga chiqish, kelish xizmati va Huquqbuzarliklarning oldini olish
xizmati yo‘nalishlarining «Mezon» va IIV tomonidan belgilangan
boshqa yo‘nalishlardagi xizmatlar faoliyati bo‘yicha ta’lim olayotgan
kursantlarning «Adolat» jamoalari ishtirok etdilar. Qiziqarli
o‘tgan bellashuvda «Adolat», «Posbon» va «Shunqorlar» jamoalari
keyingi bosqichga yo‘l oldilar.
Viktorinaning ikkinchi – final bosqichi yanada qiziqarli va shiddatli
bo‘lib, unda o‘zlarining intellektual salohiyatini namoyon etgan «Adolat»
jamoasi 128 ball bilan birinchi o‘rinni egallab, I darajali diplom va
«Oliy kurslarning eng zukko jamoasi» kubogi bilan, 93 ball to‘plagan
«Posbon» jamoasi ikkinchi o‘rinni egallab, II darajali diplom va 90
ball jamg'argan «Shunqorlar» jamoasi uchinchi o‘rinni egallab, III
darajali diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.
G'olib jamoalarni taqdirlagan Oliy kurslar boshlig'i polkovnik S.K.
Tangirberdiyev viktorina so‘ngida xodimlar va kursantlarni bayram
bilan tabriklab, ularni o‘qish va ishda yanada faol bo‘lishga undadi.
Viktorina ishtirokchilar va muxlislarga zavq-shavq bag'ishlab, ularda
katta taassurot qoldirdi.
|