² O'zbekcha ² ¡çáåê÷à ² Ðóññêèé ² English ²      

 

 

 

 

 

Aloqa uchun ma’lumot:

Manzil:

100197, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh,  Intizor ko‘ch, 68.

Tel.:

265-22-52 (navbat.),

265-17-53 (faks),

265-13-55 (kotibiyat).

Ishonch telefonlari:

265-22-56

265-91-39

265-17-52

E-mail:

akadmvd@uzsci.net

 

 

 
Rambler's Top100
 

 

 

Bayram konserti

 

2012 yil 15 yanvar kuni IIV Akademiyasining Ma’naviyat va ma’rifat markazida O‘zbekiston Qurolli Kuchlarining tashkil etilganiga 20 yil to‘lganligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Serjantlar tarkibini tayyorlash oliy kurslari kursantlari uchun konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.

Konsert oldidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti – Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Islom Abdug'aniyevich Karimovning Vatan himoyachilariga yo‘llagan tabrigi kursantlar etiboriga xavola etildi.

Bayram konsertiga el ardog'idagi xonandalar – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Qilichbek Tajiyev, xonandalar Abdujalil Qo‘qonov, Dilshod Rahmonov, Abdulla Ubaydullayev, Ulug'bek Iso va Azizbek Ziyayev tashrif buyurishdi.

Bayram dasturini serjant Dilmurod Jo‘rayev olib bordi.

Konsertda ona Vatanni himoya qilishdek muqaddas va olijanob vazifaga hayotini bag'ishlagan mard o‘g'lonlarni madh etuvchi qo‘shiqlar yangradi.

Konsert so‘ngida kursantlar san’atkorlarga guldastalar taqdim etdilar.
 

   
 

    © O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2012