² O'zbekcha ² ¡çáåê÷à ² Ðóññêèé ² English ²      

 

 

 

 

 

Aloqa uchun ma’lumot:

Manzil:

100197, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh,  Intizor ko‘ch, 68.

Tel.:

265-22-52 (navbat.),

265-17-53 (faks),

265-13-55 (kotibiyat).

Ishonch telefonlari:

265-22-56

265-91-39

265-17-52

E-mail:

akadmvd@uzsci.net

 

 

 
Rambler's Top100
 

 

 

14 yanvar ― Vatan himoyachilari kuni 

 

Vatan himoyachilari kuni va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 20 yilligi munosabati bilan joylarda turli uchrashuvlar, davra suhbatlari va anjumanlar bo‘lib o‘tmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi Ma’naviyat va ma’rifat markazida ham shu munosabat bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda Akademiya shaxsiy tarkibi, ichki ishlar idoralari faxriylari ishtirok etdilar.

Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari polkovnik Alisher Shoimovich Mirzayev faxriylar va xodimlarni “14 yanvar ― Vatan himoyachilari kuni” bayrami munosabati chin dildan tabrikladi. Ular o‘z so‘zlarida Prezidentimiz, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh qo‘mondoni Islom Abdug'aniyevich Karimovning O‘zbekiston Qurolli Kuchlarining 20 yilligi munosabati bilan Vatan himoyachilariga yo‘llagan bayram tabrigida: “Qo‘mondonlik va serjantlar tarkibi kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimi tubdan yaxshilashni talab etmoqda. Harbiy ta’lim va jangovar tayyorgarlikni yangi sifat bosqichiga ko‘tarish Qurolli Kuchlarning jangovar tayyorgarligini oshirishning eng muhim shartidir”, ― deb ta’kidlab o‘tdilar.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar Prezident Islom Karimov rahnamoligida zamonaviy talab va standartlarga javob beradigan, yurtimiz mustaqilligini, xavfsizligi va hududiy yaxlitligining ishonchli kafolati bo‘lgan milliy armiyamizni shakllantirish borasida ulkan ishlar amalga oshirilganligini qayd etib o‘tdilar.

Tantanali marosimda bir guruh xodim va faxriylarga bayram munosabati bilan Ichki ishlar vazirligining “Faxriy yorlig'i”, ichki ishlar idoralarining “A’lo xizmatlari uchun” ko‘krak nishoni, esdalik soati va qimmatbaho sovg'alarini ichki ishlar vazirining o‘rinbosari polkovnik Alisher Mirzayev tantanali vaziyatda topshirdi.

Tantanali marosim Ichki ishlar vazirligi Ashula va raqs ansambli hamda respublika san’at ustalarining konsert dasturi bilan yakunlandi.

 

 

   
 

    © O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2012