˛ O'zbekcha ˛ ˇçáĺę÷ŕ ˛ Đóńńęčé ˛ English ˛      

 

 

 

 

 

Aloqa uchun ma’lumot:

Manzil:

100197, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh,  Intizor ko‘ch, 68.

Tel.:

265-22-52 (navbat.),

265-17-53 (faks),

265-13-55 (kotibiyat).

Ishonch telefonlari:

265-22-56

265-91-39

265-17-52

E-mail:

akadmvd@uzsci.net

 

 

 
Rambler's Top100
 

 

 

Narkojinoyatchilikka qarshi kurash bilan shug'ullanuvchi xodimlarning kasbiy tayyorgarligi metodikasiga bag'ishlangan seminar-trening

 

Bugungi globallashgan dunyoda keng tus olgan narkotiklarning noqonuniy aylanishi xalqaro hamjamiyatni jiddiy tashvishga solib kelmoqda. Narkotiklar noqonuniy aylanishining turli shakllari bir qator xavfli jinoyatlarni o‘z ichiga olib, jamoat xavfsizligiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi, millatlar sog'lig'i va genofondiga katta xavf tug'diradi.

Narkobiznes va narkotrafik xalqaro uyushgan jinoiy hodisa bo‘lib, inson, jamiyat va davlatlarning xavfsizligiga jiddiy xavf tug'diradi. Narkotiklarning noqonuniy aylanishi bilan bog'liq uyushgan jinoyatchilik tarmoqlari boshqa kriminal sohalar bilan bog'lanib, jinoiy aloqalar o‘rnatadi.

2012 yil 16–20 yanvar kunlari O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasining Innovatsion pedagogik texnologiyalar markazida narkojinoyatchilikka qarshi kurash bilan shug'ullanuvchi xodimlarning kasbiy tayyorgarligi metodikasiga bag'ishlangan navbatdagi xalqaro seminar-trening bo‘lib o‘tdi. Seminar-trening narkobiznes va narkotrafikka qarshi kurash olib boruvchi xodimlar tayyorlovini takomillashtirishga qaratildi.

Ushbu seminar-trening Amerika Qo‘shma Shtatlarining O‘zbekiston Respublikasidagi elchixonasi tashabbusi bilan AQSh Adliya vazirligi Narkotiklarga qarshi kurash boshqarmasi (DEA) Trening ofisi Markaziy Osiyo hududiy instruktorlar komandasining katta instruktorlari Alfred Szerskiy, Kevin Bler va Devid Vilsonlar tomonidan AQSh elchixonasining Narkotiklarga qarshi kurashish bo‘yicha attashe ofisining xodimlari ko‘magida o‘tkazildi.

IIV Akademiyasi boshlig'ining birinchi o‘rinbosari podpolkovnik M. T. Turg'unov ushbu tadbirni ochar ekan, ta’lim muassisida boshqa davlatlardagi hamkasblar bilan, jumladan AQSh mutaxassislari bilan xalqaro munosabatlarni rivojlantirishga alohida e’tibor berilayotganligini alohida qayd etdi. U ushbu seminar-treningning Akademiya professor-o‘qituvchilari uchun muhim ahamiyat kasb etishga urg'u berib, ushbu ta’lim dargohida narkotiklarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish bo‘yicha mutaxassislar tayyorlovi amalga oshirilishini ta’kidlab o‘tdi.

Elchixonaning narkotiklarga qarshi kurashish bo‘yicha attashesi Kristofer Melink ushbu seminar-treningning asosiy vazifasi narkotiklarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish bo‘yicha ish olib borayotgan huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarini o‘qitishda turli innovatsion texnologiyalar va interfaol usullarni ishlatish bo‘yicha tadbir qatnashchilarining malakasini oshirish ekanligini aytib o‘tdi. U seminar jarayonida o‘zbekistonlik va amerikalik hamkasblar ushbu yo‘nalish bo‘yicha kasbiy tajriba almashishlariga va bu tadbir har ikki tomon uchun ham foydali bo‘lishiga ishonch bildirdi.

Tadbirda O‘zbekiston tomonidan O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi professor-o‘qituvchilari vakillari hamda Oliy akademik kurs tinglovchilari ishtirok etdilar.

DEA mutaxassislari besh kun mobaynida o‘zbekistonlik hamkasblariga Narkotiklarga qarshi kurashish boshqarmasi akademiyasida qo‘llanib kelinayotgan innovatsion pedagogik texnologiyalar va interfaol o‘qitish usullariga asoslanib, turli xil mashg'ulotlar va treninglarni tashkillashtirish va o‘tkazish malaka va ko‘nikmalarini o‘rgatdilar.

Tadbirda o‘quv jarayonining samaradorligini ta’minlaydigan, o‘rganuvchilarni faol mustaqil ish olib borishga undaydigan zamonaviy ko‘rgazmali qurollar va texnik vositalaridan foydalanish masalalariga e’tibor qaratildi.

Seminar-trening qatnashchilari narkojinoyatchilikning hozirgi holati, unga qarshi kurashning hududiy va xalqaro doirada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan keng qamrovli masalalarini ko‘rib chiqdilar.

Trening jarayonida amerikalik va o‘zbekistonlik hamkasblar o‘rtasida fikr-mulohaza va tajribalar almashildi.

Ushbu o‘quv kursiga yakun yasar ekan, IIV Akademiyasi boshlig'ining birinchi o‘rinbosari podpolkovnik M. T. Turg'unov amerikalik hamkasblarga O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy tayyorgarlik ishlariga qo‘shgan munosib hissalari uchun chuqur minnatdorchilik bildirdi.

AQSh elchixonasining Narkotiklarga qarshi kurashish bo‘yicha attashesi Kristofer Melink o‘zi va Narkotiklarga qarshi kurashish boshqarmasi akademiyasi vakillari nomidan IIV Akademiyasi rahbariyatiga ushbu seminar treningni o‘tkazish uchun imkoniyat va sharoit yaratib berganligi hamda Akademiyaning barcha xodimlariga seminar-treningni yuqori tashkiliy darajada, o‘zaro hamkorlik ruhida o‘tkazishda o‘z hissaslarini qo‘shganliklari uchun minnatdorchilik bildirdi.

Seminar trening yakunlari bo‘yicha ishtirokchilarga tegishli sertifikatlar topshirildi.

 

   
 

    © O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2012