² O'zbekcha ² ¡çáåê÷à ² Ðóññêèé ² English ²      

 

 

 

 

 

Aloqa uchun ma’lumot:

Manzil:

100197, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh,  Intizor ko‘ch, 68.

Tel.:

265-22-52 (navbat.),

265-17-53 (faks),

265-13-55 (kotibiyat).

Ishonch telefonlari:

265-22-56

265-91-39

265-17-52

E-mail:

akadmvd@uzsci.net

 

 

 
Rambler's Top100
 

 

 

Profilaktika xizmatlarining odam savdosi bilan bog'liq va axloq-odob doirasidagi huquqbuzarliklarning oldini olish faoliyatini takomillashtirish

 

2012 yil 25 yanvar kuni “Profilaktika xizmatlarining odam savdosi bilan bog'liq va axloq-odob doirasidagi huquqbuzarliklarning oldini olish faoliyatini takomillashtirish” mavzusida IIV Akademiyasida davra suhbati o‘tkazildi.

Davra suhbatida IIV HOOBB, Toshkent viloyati IIB HOOB, Toshkent shahar IIBB HOOB, IIV Tashkiliy-inspektorlik boshqarmasi xodimlari, Akademiyaning jinoyatlarning oldini olish kafedrasi professor-o‘qituvchilari, Jamoat tartibini saqlash va jinoyatchilikka qarshi kurashning dolzarb masalalari loyihasi xodimlari, Ilmiy pedagog kadrlar tayyorlash bo‘limi stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilari, kunduzgi ta’lim «Jinoyatlarning oldini olish faoliyati» mutaxassisligi bo‘yicha ta’lim olayotgan tinglovchilar, STTOK huquqbuzarliklarning oldini olish xizmati faoliyati mutaxassisligi bo‘yicha tahsil olayotgan kursantlar ishtirok etishdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar idoralari profilaktika xizmatlarining Odamlardan foydalanish uchun ularni yollash bilan bog'liq va axloq-odob doirasidagi huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘limlari faoliyatini tashkil etish, ularning faoliyat natijalari, boshqa sohaviy xizmatlar va keng jamoatchilik bilan hamkorligi, ushbu sohadagi muammo va kamchiliklar qizg'in bahs-munozaralar, savol javoblar asosida atroflicha muhokama qilindi.

Ilmiy-amaliy anjuman ma’ruzalarida va muhokama jarayonida odam savdosi bilan bog'liq va axloq-odob doirasidagi huquqbuzarliklarga qarshi kurashishni huquqiy ta’minlash borasida amaldagi ma’muriy va jinoyat qonunchiligi normalarini takomillashtirish, ushbu toifadagi huquqbuzarliklarning oldini olish faoliyatini samarali amalga oshirishga qaratilgan xulosa, taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

Davra suhbati yakunida amaliyot xodimlari bilan Akademiya professor-o‘qituvchilari hamkorlikda “Odam savdosi bilan bog'liq va axloq-odob doirasidagi huquqbuzarliklarning oldini olish” mavzusida o‘quv-uslubiy qo‘llanma tayyorlashga kelishib olishdi.

 

 

   
 

    © O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2012