|
|
Xudoyberdi To‘xtaboyev bilan uchrashuv
|
2012 yil 29 yanvar kuni IIV Akademiyasining Ma’naviyat va ma’rifat
markazida Serjantlar tarkibini tayyorlash oliy kurslari
kursantlarining O‘zbekiston Respublikasi xalq yozuvchisi Xudoyberdi
To‘xtaboyev bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Yozuvchi Xudoyberdi To‘xtaboyevning badiiy asarlarini sevib o‘qimagan
kishi bo‘lmasa kerak. Ayniqsa bir necha bor qayta nashrdan chiqqan,
dunyoning ko‘plab tillariga tarjima qilingan “Sariq devni minib”
romanini kitobxonlar sevib mutolaa qilishadi.
Uchrashuvda yozuvchi o‘zining hayoti va ijodi, yozgan asarlarining
dunyoga kelish tarixi to‘g'risida kursantlarga batafsil so‘zlab berdi.
Shu bilan birga, ichidan o‘tgan kechinmalari, ko‘p yillik ijodi
davomida duch kelgan to‘siqlarni qanday bartaraf etgani to‘g'risida
so‘zlab, kursantlarga hayotda uchraydigan qiyinchiliklarni yengib
o‘tish yuzasidan maslahatlar berdi.
Uchrashuv so‘ngida kursantlar yozuvchiga minnatdorchilik bildirib,
guldastalar taqdim qilishdi.
|