² O'zbekcha ² ¡çáåê÷à ² Ðóññêèé ²     

 

 

 

 

 

Aloqa uchun ma'lumot:

Manzil:

100197, O'zbekiston Respublikasi, Toshkent sh, Intizor ko'ch, 68.

Tel.:

265-22-52 (navbat.),

265-17-53 (faks),

265-13-55 (kotibiyat).

E-mail:

akadmvd@uzsci.net

 

 

 
Rambler's Top100
 

 

 

 

Amaliyot

 

Faol ishtirok etishdi

 

Respublika IIV Akademiyasining Guliston shahar IIBda amaliyot o'tayotgan tinglovchilari hududda jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta'minlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olishda faol ishtirok etdilar.

Sodir etilgan jinoyatlarni fosh etishda olgan saboqlarini to'g'ri qo'llab, xizmat vazifasiga sidqidildan yondashib, burchini vijdonan ado etgan, jinoyatlarni «issiq izi»dan ochishda faollik va jonbozlik ko'rsatgan tinglovchilar Guliston shahar IIBning maqtov yorlig'i va tashakkurnoma bilan takdirlandilar.

 

N. YO'LDOSHEV.

 

 

Tajriba - hayot maktabi

 

Jizzax shahar IIB majlislar zalida viloyatda amaliyot o'tayotgan IIV Akademiyasining 20 nafar bitiruvchi kurs tinglovchilarining ichki ishlar idoralarida uzoq yillar samarali xizmat qilib, bugungi kunda nafaqada bo'lgan bir guruh faxriylar bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan uyushtirilgan ushbu tadbirda bugungi kunda Jizzax shahar IIB xodimlari tomonidan osoyishtalikni ta'minlash borasida olib borilayotgan tadbirlar, vazifalar va ularni bajarishdagi mas'uliyat to'g'risida so'z yuritildi. Faxriylar o'zlarining hayotiy tajribalari to'g'risida gapirib berishdi.

 

B. BAHODIROV.

 

 

Azmu karvr kildik

 

Men respublika IIV Akademiyasida jinoyatlarning oldini olish faoliyati yo'nalishi bo'yicha tahsil olaman. Shu kunlarda kursdoshlarim S. Karimov, M. Abdupatayev, A. Maksimova, A. Polatovlar bilan poytaxtimizning Yunusobod tumani IIB HOOBda ish o'rganish amaliyotini o'tayapmiz. Ushbu jarayonda shunga amin bo'ldikki, haqiqatan ham nazariyot amaliyot bilan chambarchas bog'liq va uyg'un bo'lishi kerak ekan. Ish o'rganish asnosida jinoyatlarning oldini olish faoliyata biz o'ylagandan ham ko'ra qiziqarliroq va mas'uliyatliroq ekanligini his etdik. Bizga profilaktika katta inspektori, mayor Davron Sapayev, profilaktika inspektori, mayor Agzam Abdurazzoqov sohaning sir-asrorlarini erinmay, sabr-toqat bilan o'rgatishayotgani uchun ulardan minnatdormiz.

Hademay amaliyot tugab, davlat imtihonlari boshlanadi. Kursdoshlarim bilan imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirib, mutaxassislik diplomini ko'lga kiritib, mustaqil faoliyatga yo'llanma olgach, ustozlarning ishonchini oqlab, jinoyatlarning oldini olish yo'lida bor bilimimizni, kuch-g'ayratimizni ishga solamiz, deb azmu qaror qildik.

 

Nodirbek FAYZIYEV, respublika IIV Akademiyasi

4-o'kuv kursi tinglovchisi.

 

 

"Postda" gazetasi, ¹ 19 (3809), 2009 yil 10 may
 

 

 

 

   
 

    © O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2009