|
Ichki ishlar idoralarida o'tkazi-layotgan islohotlar samarasi
o'laroq, respublika IIV Akademiyasi Serjantlar tarkibini tayyorlash
bo'yicha oliy kurslarida har yili ko'plab kursantlar ta'lim olib,
ichki ishlar idoralarning turli sohaviy xizmatlariga yo'llanma
olyaptilar.
Respublika IIV Akademiyasi o'quv poligonida Oliy kurslar
kursantlarining ichki ishlar idoralari xodimlari qasamyodini qabul
qilishiga bag'ishlangan tantanali tadbir bo'lib o'tdi.
O'quv poligonining saf maydoni. Kursantlarning ota-onalari,
yaqinlari, birodarlari hayajon bilan tadbir boshlanishini
kutishyapti. Maydonda saf tortgan yigitlarning chehrasida mamnunlik,
faxr va hayajon seziladi. Chunki bugun ular Vatan, xalq oldida
qasamyod qilib, yurtda tinchlik, osoyishtalikni saqlash, fuqarolar
xavfsizligini ta'minlash uchun butun kuch-quvvati, bilimini
sarflash, kerak bo'lsa jonini fido qilishga ont ichishadi.
Tadbir boshlandi. Respublika Ichki ishlar vaziri o'rinbosari,
polkovnik Sh. Ikramov, IIV Akademiyasi boshlig'i, polkovnik A.
Yakubov va mehmonlar minbarga ko'tarildilar. IIV Akademiyasi
Serjantlar tarkibini tayyorlash bo'yicha oliy kurslari boshlig'i,
polkovnik S. Tangirberdiyev vazir o'rinbosariga shaxsiy tarkibning
qasamyod qabul qilish tantanasiga saflangani haqida axborot berdi.
Tantanani IIV Akademiyasi boshlig'i, polkovnik A. Yakubov kirish
so'zi bilan ochdi. U o'z so'zida mamlakatimiz rahbariyati tomonidan
kadrlar tayyorlashga katta e'tibor qaratilayotgani, shu bois Oliy
kurslarda ichki ishlar idoralari uchun malakali serjantlar
tayyorlanayotganini ta'kidladi.
Shundan so'ng qasamyod qabul qilishga kirishildi. Iigitlar
birin-ketin Vatanga, xalqqa sodiq bo'lishga qasamyod qildilar.
Qasamyod qabul qilish tugagach, respublika Ichki ishlar vaziri
o'rinbosari, polkovnik Sh. Ikramov so'zga chiqib, kursantlarni
vazirlik rahbariyati nomidan samimiy tabriklab, Oliy kurslarda
o'tiladigan mashg'ulotlarni puxta o'zlashtirgan holda kasb sirlarini
egallab, yurtimizda tinchlik va osoyishtalikni saqlash,
jinoyatchilikning oldini olish, unga qarshi kurashish, fuqarolar
hamda jamoat xavfsizligini ta'minlashda sidqidildan xizmat qilishga
chaqirib, muvaffaqiyat tiladi.
O'qituvchilar nomidan podpolkovnik Zokir Umarov, ota-onalar
nomidan Mashhura Olimova so'zga chiqib, bugungi qutlug' kun bilan
yig'ilganlar va kursantlarni qizg'in qutladilar.
- Vatan, xalqimiz bizga ishonch bildirgan ekan, Oliy kurslarda
bilimlarni puxta egallab, ichki ishlar idoralarining fidoyi,
matonatli, jasur, hushyor xodimlari qatorida bor mahoratimizni yurt
tinchligi va osoyishtaligini saqlash yo'lida sarflashga ont ichdik,
- deydi kursantlar nomidan so'zga chiqqan Ravshan Ibragimov.
Kursantlarning ota-onalari, yaqinlari qo'llarida guldasta bilan
ularni tabriklashga oshiqishadi. Quvonchdan ko'zlarida yosh,
hayajondan entikib o'g'lini bag'riga bosib turgan ayol o'zini Jizzax
viloyati Baxmal tumanidan Dilbar Jo'rayeva deb tanishtirib, shunday
dedi:
- Yolg'iz o'g'lim Turg'unboy Jo'rayev bolalikdan ichki ishlar
xodimi bo'laman, deb niyat qilardi. Kollejni bitirib, hujjatlarini
mana shu dargohga topshirganda bir sevingandim. Bugun o'ktam
yigitlar qatorida qasamyod qilganini ko'rib, boshim osmonga yetdi.
Biz onalar uchun farzandlar o'z yo'lini topib, el koriga yarasa,
katta baxt. Bularga bilim beradigan o'qituvchi, ustozlari omon
bo'lishsin!
- Nevaram Murodjon ichki ishlar idorasida ishlayman, deb turib
oldi, - deydi alp-qomat yigitlarga o'zgacha mehr-muhabbat bilan
qarab turgan, o'zini Yodgor Mirobidov deb tanishtirgan keksa otaxon.
- Ota-onasi xushro'ylik bermagandi. Bu katta savobli ish, yurt
tinchligi uchun xizmat qilgan kam bo'lmaydi, deb oqfotiha berdim.
O'qishga kiribdi, bugun qasamyod qabul qilishini eshitdim-u, o'zim
ko'rib bir kuvonay deb keldim. Axir yigit omon bo'lsa, ko'rg'on
bexatar deyishadiku. Ilohim hammalari salosht bo'lsin.
- Akam, Nuriddin Qo'chqorov qasamyod qabul qilyapti, - dedi
Nishonboy ko'zlari quvnab. - Juda havasim kelyapti. Men ham kollejni
bitirib, shu o'qishga kiraman, ichki ishlar idoralarida xizmat
qilaman.
Tantanadan keyin kursantlar va mehmonlar uchun dasturxon yozildi.
IIV Ashula va raqs ansambli xonandalari ijrosida kuy va qo'shiqlar
yangradi.
Sadriddin SHAMSIDDINOV.
"Postda" gazetasi, ¹ 19 (3809), 2009 yil 10 may
|