² O'zbekcha ² ¡çáåê÷à ² Ðóññêèé ²     

 

 

 

 

 

Aloqa uchun ma'lumot:

Manzil:

100197, O'zbekiston Respublikasi, Toshkent sh, Intizor ko'ch, 68.

Tel.:

265-22-52 (navbat.),

265-17-53 (faks),

265-13-55 (kotibiyat).

E-mail:

akadmvd@uzsci.net

 

 

 
Rambler's Top100
 

 

 

 

Bilim amaliyotda toblanadi

 

O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'g'risida»gi Qonuni, Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi, O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining «O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim muassasalari talabalarining malakaviy amaliyoti hakidagi Nizom» talablari asosida 2009 yilning 29 iyunidan 19 iyul kuniga qadar IIV Akademiyasi 1,2,3-o'kuv kursi tinglovchilarining uch haftalik malakaviy amaliyotni o'tashlari belgilangan.

1,2-o'quv kurs tinglovchilari uchun malakaviy amaliyot ularning mutaxassislikka bo'linmaganliklarini inobatga olib, tinglovchilarning bilimlarini to'ldirish, chuqurlashtirish, ichki ishlar idoralari ish faoliyati hamda amaldagi shart-sharoitlari haqida ko'nikma hosil qilishlari, alohida xizmat topshiriqlari va ko'rsatmalarini bajarish, amaliy faoliyatga taalluqli boshlang'ich ko'nikmalarga ega bo'lishlarini ta'minlash maqsadida ichki ishlar idoralarida tanishuv o'quv amaliyoti shaklida olib boriladi. 3-o'quv kursi tinglovchilari uchun esa, ularning "Tergov faoliyati", "Tezkor-qidiruv faoliyati", "Jinoyatlarning oldini olish faoliyati", "Ekspert-kriminalistika faoliyati" mutaxassislik yo'nalishlari bo'yicha ta'lim olayotganliklari bois mutaxassisliklar bo'yicha olingan nazariy bilimlarni takomillashtirish; ichki ishlar idoralari tizimi, faoliyati va uni tashkil etish tamoyillarini o'rganish, amaliyotning ilg'or tajribasi, yangi ilmiy va ilmiy-texnik yutuqlari bilan tanishish, muayyan lavozimda tajriba orttirish orqali tinglovchilarning mutaxassisliklar bo'yicha belgilangan lavozimlarda amaliy ko'nikmaga ega bo'lishlarini ta'minlash maqsadida ish o'rganish amaliyoti shaklida o'tkaziladi. Amaliyotning mazkur turi ichki ishlar bazaviy idoralarida o'tkazilib, nazariy bilimlarning amaliy faoliyatga uyg'unlashuvining muhim vositasi bo'lib hisoblanadi. Shu sababli ularga amaliyot rahbari sifatida kamida besh yil amaliy tajribaga ega bo'lgan xodimlar biriktiriladi. 1,2-o'quv kursi tinglovchilarining amaliyoti esa, ichki ishlar idoralarining xizmatlari faoliyati bilan tanishish va o'rganishdan iborat bo'lib, ularga amaliyot rahbari sifatida tuman IIBlarining shaxsiy tarkib bilan ishlash xizmati boshlig'i biriktiriladi.

Shu munosabat bilan kuni kecha IIBB rahbariyati tomonidan IIBBning Ma'rifat zalida IIV Akademiyasining malakaviy amaliyotni Toshkent shahar IIBBda o'taydigan birinchi, ikkinchi va uchinchi kurs tinglovchilari hamda ularning ota-onalari, amaliyot rahbarlari va mas'ul xodimlar ishtirokida xizmat amaliyoti oldidan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda Toshkent shahar IIBB boshlig'ining o'rinbosari, podpolkovnik S. Avazov, Vazirlik Akademiyasining Toshkent shahar hududi bo'yicha malakaviy amaliyot uchun mas'ul rahbari: Jinoyatlarning oldini olish kafedrasi boshlig'i, polkovnik I.Ismailov, malakaviy amaliyot rahbarlari sifatida biriktirilgan Toshkent shahrining Sobir Rahimov, Hamza, Mirzo Ulug'bek, Yunusobod, Chilonzor tuman IIBlari va IIV Akademiyasidan xodimlar ishtirok etishdi.

Uchrashuvda polkovnik I.Ismailov so'zga chiqib, tinglovchilar malakaviy amaliyotni belgilangan dasturlar asosida Toshkent shahrining Sobir Rahimov, Hamza, Mirzo Ulug'bek, Yunusobod va Chilonzor tuman IIBlarida o'tashlarini bayon qildi. Tinglovchilar amaliyotni o'tash davrida ularga rahbarlik qilish uchun Akademiya professor-o'qituvchilar tarkibi hamda Toshkent shahar IIBB va tuman IIBlardan xodimlar mas'ul qilib biriktirilganligini alohida ta'kidladi. Barcha qilinayotgan sa'y-harakatlar, tashkiliy ishlardan birdan-bir maqsad kelajakda ona Vataniga, xalqiga, ota-onasiyu yor-birodarlariga sadoqatli inson, shuningdek mard, jasur, vijdonli, o'z kasbining yetuk mutaxassisi bo'lgan ichki ishlar idoralarining kadrlarini yetishtirib berish ekanligiga e'tiborni qaratdi. Shu bois bu nafaqat mas'ul xodimlarning, balki ota-onalarning ham burchi bo'lib, tinglovchilarning amaliyot o'tash davridagi faoliyatini nazorat qilib borishlari lozimligi ta'kidlandi. Tinglovchilarning malakaviy amaliyoti (stajirovkasi) qatnashuvchilarning barchasiga ma'suliyat yuklashini aytib o'tib, buni barcha birdek his qilgan holda masalaga jiddiy yondashishga chorladi.

Shundan so'ng polkovnik I.Ismailov tomonidan o'quv yili davomida o'zini xizmat intizomiga rioya qilishi, fanlarni yaxshi o'zlashtirganligi bilan ijobiy tomondan ko'rsatib kelayotgan bir qator tinglovchilarning ota-onalariga Akademiya boshlig'ining tashakkurnomalari, salbiy xulq-atvordagi tinglovchilarning ota-onalariga esa, farzandlarining malakaviy amaliyoti alohida tartibda o'talishi haqidagi xatlar takdim etildi.

Yig'ilish yakunida barcha qatnashchilarning malakaviy amaliyot (stajirovka)ni tashkil etishdagi vazifalari belgilanib, vazifalarni mazkur maqsad yo'lida og'ishmay bajarishga kelishib olindi.

 

Maxsus muxbirimiz

 

"Ogoh" gazetasi, 2009 yil 3 iyul, ¹27 (431)

 

 

   
 

    © O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2009