² O'zbekcha ² ¡çáåê÷à ² Ðóññêèé ²     

 

 

 

 

 

Aloqa uchun ma'lumot:

Manzil:

100197, O'zbekiston Respublikasi, Toshkent sh, Intizor ko'ch, 68.

Tel.:

265-22-52 (navbat.),

265-17-53 (faks),

265-13-55 (kotibiyat).

E-mail:

akadmvd@uzsci.net

 

 

 
Rambler's Top100
 

 

 

 

Qasamyodga sodiq bo'l, o'g'lon !

 

Mamlakatimizda kutlug' ayyomlar - Mustaqilligimizning 18 yilligi va poytaxtimiz azim Toshkent shahrining 2200 yilligi nishonlanayotgan muborak kunlarda an'anaga muvofiq O'zbekiston Respublikasi IIV oliy ta'lim muassasalarida birinchi kursga qabul qilingan yigit va qizlarning yurt tinchligi va barqarorligini ta'minlash, ona-Vatanni ko'z qorachigidek avaylab-asrash, fuqarolarning haq-huquqlarini himoya qilishga qasamyod qabul qilish tantanalari bo'lib o'tdi.

Ularning eng ulug', eng aziz ayyom kuni qasamyod qilishlarida ulkan ramziy ma'no bor. Bu ularning hurriyat sababli shunday buyuk baxtga erishib turganligiga, eng oliy ne'matimiz bo'lmish - tinchlik va osoyishtalikni asrashga mas'ul ekanliklariga ishoradir. Yurtga bo'lgan mehru muhabbatini, sadoqatini qasamyodda bitilgan so'zlar bilan uyg'un tarzda izhor etishga, ona-Vatan sha'nini yuksaklarga ko'tarishga tayyor turishibdi.

... Respublika IIV Akademiyasi saf maydoni uzra bayramona ruh kezmoqda.

Respublika Ichki ishlar vaziri, general-leytenant Bahodir Matlyubov va mehmonlar minbarga ko'tarildi. Akademiya shaxsiy tarkibi qasamyod qilish tantanasiga saflanganligi ma'lum qilinganidan so'ng, tinglovchilar birin-ketin Vataniga, xalqiga, Prezidentiga sodiq bo'lishga qasamyod qilishdi.

Akademiyada a'lo o'qishi, namunali xulqi, jamoat ishlarida faol ishtiroki va tashkilotchilik qobiliyatini yaqqol namoyon qilishi bilan safdoshlariga o'rnak bo'lib kelayotgan uch nafar tinglovchini «O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining stipendiati» Faxriy yorlig'i bilan taqdirlash to'g'risidagi respublika Ichki ishlar vazirining buyrug'ini vazir o'rinbosari, polkovnik Sh.Ikramov o'qib eshittirdi. General-leytenant B.Matlyubov stipendiatlarga Faxriy yorliqni topshirarkan, ularning kelgusidagi o'qish va ishlariga muvaffaqiyat tiladi.

Shundan so'ng respublika Ichki ishlar vaziri, general-leytenant B.Matlyubovning ma'ruzasi tinglandi. Vazir hozirgina qasamyod qabul qilgan yigitlarga qarata yaratib berilgan imkoniyatlardan samarali foydalanib, Akademiya professor-o'qituvchilari, ustoz va murabbiylar yordamida zaruriy bilim va ko'nikmalarni puxta egallashlari va yetuk mutaxassis kadrlar bo'lib yetishishlari lozimligini ta'kidladi. Shuningdek, tinglovchilarning kelajakda fidokorona xizmat bilan xalqimiz ishonchini hamda qabul qilgan qasamyodlarini oqlashlariga umid bildirdi.

- Akademiyamizda tinglovchilarning puxta bilim egallashlari uchun barcha sharoitlar yetarli, - deydi o'quv bo'limi boshlig'i o'rinbosari, yuridik fanlar nomzodi, podpolkovnik To'lqin Mamatqulov. - Hozirda ularning ta'lim olishi uchun zamonaviy moddiy-texnika bazasi yaratilgan. Keng, yorug' o'quv auditoriyalari, ma'ruza zallari, o'qitishning zamonaviy usullaridan unumli foydalanish uchun zaruriy texnika vositalari tinglovchilar ixtiyorida.

- Farg'ona viloyati Uchko'prik tumanidan keldik, - deydi biz bilan suhbatda Ma'rifatxon Sultonova. - Ug'lim Baxtiyorjon o'tgan yili Akademiyaga hujjatlarini topshirib, test sinovlaridan o'tolmagandi. Mana, bu yil ahdiga sodiq farzandim tinglovchi degan sharafga sazovor bo'ldi. Niyatim, endi u mardlarga xos shijoat bilan yurt osoyishtaligiga hissa qo'shsin.

- O'g'lim Begzod Mamatkarimovni tinglovchilar safida ko'rib xursand bo'ldim, - deydi zominlik Abdurashid Mamatkarimov ko'zida sevinch yoshlari qalqib. - O'tgan yili qizim Manzura shu bilim dargohini tergov yo'nalishi bo'yicha bitirgan edi. Opasiga havas qilib o'g'lim ham ichki ishlar xodimi bo'lyshga ahd qildi. Ilohim, hammalari niyatlariga yetishsin. Biz ota-onalar farzandlarimizning el koriga yarab, sidqidildan xizmat qilishidan har doim faxrlanib yuraylik.

Tadbirda IIV Ashula va raqs ansambli ishtirokchilari o'zlarining kuy-qo'shiqlari va dilrabo raqslari bilan barchani xushnud etishdi.

 

O'z muxbirimiz

 

"Postda" gazetasi, 2009 yil, 5 sentabr, ¹ 36 (3826)

 

 

   
 

    © O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2009