² O'zbekcha ² ¡çáåê÷à ² Ðóññêèé ²     

 

 

 

 

 

Aloqa uchun ma'lumot:

Manzil:

100197, O'zbekiston Respublikasi, Toshkent sh, Intizor ko'ch, 68.

Tel.:

265-22-52 (navbat.),

265-17-53 (faks),

265-13-55 (kotibiyat).

Ishonch telefonlari:

265-22-56

265-91-39

265-17-52

E-mail:

akadmvd@uzsci.net

 

 

 
Rambler's Top100
 

 

 

Vatan xizmatiga shaydir serjantlar!

 

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning tashabbusi bilan tashkil etilgan IIV Akademiyasi Serjantlar tarkibini tayyorlash bo'yicha oliy kurslari mana necha yildirki, tizimga mapakali mutaxassis-kadrlar yetishtirib berayapti. Bugun mazkur dargoxda yana bir shodiyona, navbatdagi o'kuv yig'inining bitiruv marosimi. Maydonda Akademiya shaxsiy tarkibi saf tortgan. Bitiruvchilarning ota-onalari, yakinlari yuzlarida kuvonch, ko'llarida guldastalar bilan maydon tomon oshiqishyapti. Ko'kka bo'y cho'zayotgan archalar tashrif buyuruvchilarni olqishlayotgandek bahorning mayin shabadasiga xamohang, yengil tebranadi.

Soat 11.00. Kiyimlari alp qomatlariga yarashgan bayroqdorlar guruhi yurtimiz bayrog'ini tantanali ravishda maydonga olib kirishdi. Hamma o'sha tomonga qarab, nigohlari bilan bayroqni kuzatishadi.

Serjantlar tarkibini tayyorlash bo'yicha oliy kurs boshlig'i, polkovnik S.Tangirberdiyev Ichki ishlar vaziri, general-leytenant B.Matlyubovga kursantlarning bitiruv tantanasiga saflanganligi haqida axborot bergach, IIV Akademiyasi boshlig'i vazifasini bajaruvchi, polkovnikT.Saitbayev so'z oldi. Notiq to'qqiz yo'nalish bo'yicha tayyorlanayotgan mutaxassis-kadrlarga malakali professor-o'qituvchilar bor bilim va mahoratlarini o'rgatishgani, zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan lingafon xonasi, fotolaboratoriya, kri-minalistika laboratoriyasi, kompyuter, test o'tkazish, kutubxona va boshqa sinf xonalari ularning ixtiyorida ekanligini bayon etdi. Shuningdek, kursantlar qisqa vaqt ichida ichki ishlar tizimi faoliyatiga tegishli me'yoriy hujjatlar, ish qog'ozlari, yozishma usullari bilan mukammal tanishtirilib, olgan bilimlarini Toshkent shahar IIBB hamda poytaxt viloyati IIB-larda o'tkazilgan amaliy mashg'ulotlarda sinab ko'rishganini ta'kidlar ekan, kurslarni bitirgan serjantlar bugungi kunda joylarda samarali xizmat olib borishayotganini aytdi. Ular yurtimizda tinchlik va osoyishtalikni saqlash, jinoyatchilikka qarshi kurash, xuquqbuzarliklarning oldini olishga salmoqpi hissa qo'shib kelishayotganini mamnuniyat bilan tilga oldi.

T.Saitbayev kirish so'zini tugatar ekan bitiruvchilarga «kichik serjant» maxsus unvonini berish to'g'risidagi buyruqni o'qib eshittirdi. Diplomlar egalariga tantanali ravishda topshirilgach, tabrik so'zi O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, general-leytenant B.Matlyubovga berildi. Vazir bitiruvchilarni samimiy qutlar ekan, ularning kelgusi ishlariga muvaffaqiyatlar tiladi.

- Mazkur dargohni tamomlagan kursantlar bugungi kunda el-yurt tinchligi, osoyishtaligini ta'minlash, jamiyatimizni yot illatlardan tozalash maqsadida tunu kun xizmat olib borishmokda, - dedi vazir o'z nutqida. - Prezidentimiz tashabbusi bilan joriy yilni Barkamol avlod yili deb e'lon qilinishi mamlakatimiz yoshlari har tomonlama yetuk bo'lib voyaga yetishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilayotganini ko'rsatib turibdi. Sizlar ham bu yerda olgan bilimlaringizni amaliyotda samarali ko'llab, g'ayrat-shijoat bilan, bor bilim va mahoratingizni ishga solgan holda jinoyatchilikning payini qirkish, huquqbuzarliklarning oldini olishdek sharafli va zalvorli ishga munosib hissa ko'shishingizga ishonchim komil.

Akademiya professor-o'qituvchilari nomidan so'zga chiqqan Serjantlar tarkibini tayyorlash bo'yicha oliy kurslar boshlig'ining o'rinbosari, podpolkovnik A.Pardiyev kursantlarga oq yo'l tilar ekan, ularning Vatanimiz va xalqimizning asriy orzu-istaklari bo'lmish mustaqillikni mustahkamlash, yurtimiz farovonligini oshirish, el tinchligini saqlash, bildirilgan ishonchni oqlash yo'lida halol va sidqidildan xizmat qilishlariga umid bildirdi.

Ota-onalar nomidan so'z olgan Umida Boyzoqova ham kursantlarning kelgusi ishlariga omad tiladi.

- Men bitiruvchilar nomidan ishonch bilan ayta olamanki, bor tajribasini ayamay bizga bilim bergan, kasbning sir-asrorlarini o'rgatgan, g'amxo'rlik va mehribonlik bilan ustozlik qilgan Akademiyaning professor-o'qituvchilari, muhtaram vazirimiz, qolaversa, el-yurtning ishonchini oqlaymiz, - dedi bitiruvchilar nomidan so'z olgan kichik serjant Umid Yuldashev.

Tabrik so'zlari tugagach, kursantlar tantanavor qadamlar tashlab maydondan o'tishar ekan, Akademiyaning jangovar bayrog'i bilan xayrlashish uchun qayta saflanishdi. Maydonni bayrokdorlar guruhi tark etgach, kursantlar ota-onalari, yaqinlari davrasiga keldilar.

- O'g'lim Arslon Haydarov to'qqiz farzandimning yettinchisi, - deydi faxr bilan yoshi oltmishni qoralagan jizzaxlik Omonturdi Haydarov. - Jizzax politexnika institutini tugatgach, ichki ishlar idorasida xizmat qilishni niyat qilib, armiyaga bordi. Harbiy xizmatningo'ziga xos qiyinchiliklari uni niyatidan qaytarsa kerak, deb o'ylagandim. Aksincha, qarori yanada qat'iylashdi. Xizmatdan qaytiboq o'qishga hujjatlarini topshirdi. Mana bugun o'qishni tamomlayapti. U yorug' yuz bilan ish boshlab, biz - ota-onasiga, o'qitgan mana shu dargohning ustozlariga, el-yurtiga faqat olqishlar olib keladi, deb ishonaman.

Farzandlari mutaxassislik diplomini olishga muyassar bo'lganini ko'rib, quvonchdan o'zlarini qo'yarga joy topolmayotgan ota-onalarning tilida va dilida bir niyat - u ham bo'lsa el-yurt xizmatiga shay turgan dilbandlari kelgusida hurmat-e'tibor topib, munosib yutuqlarni qo'lga kiritishsin. Ana shunday ezgu tilaklar yor bo'lsin, serjantlar!

 

Muhabbat Ibragimova

 

"Postda" gazetasi, 2010 yil 03 aprel, ¹ 14 (3855)

 

   
 

    © O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2010