² O'zbekcha ² ¡çáåê÷à ² Ðóññêèé ²     

 

 

 

 

 

Aloqa uchun ma'lumot:

Manzil:

100197, O'zbekiston Respublikasi, Toshkent sh, Intizor ko'ch, 68.

Tel.:

265-22-52 (navbat.),

265-17-53 (faks),

265-13-55 (kotibiyat).

Ishonch telefonlari:

265-22-56

265-91-39

265-17-52

E-mail:

akadmvd@uzsci.net

 

 

 
Rambler's Top100
 

 

 

Obod maskanning ko'rkam binosi

 

Qorasuv dahasi poytaxtimizning Mirzo Ulug'bek tumanida joylashgan bo'lib, bahavo, xushmanzara, so'lim go'shalaridan biri. Bu yerda joylashgan O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi hududida amalga oshirilgan obo-donchilik, ko'kalamzorlashtirish ishlarining o'ziyoq daha havosining musaffoligi va yoqimli bo'lishini ta'minlaydi, desak mubolag'a bo'lmaydi. Ko'kka bo'y cho'zgan archazoraro yo'laklarda sayr qilishning o'zi kishiga tetiklik, xush kayfiyat bag'ishlaydi.

Yaqinda ushbu oliy ta'lim dargohida foydalanishga topshirilgan «Akademiya mehmonxonasi» majmuasi mazkur hududga uzukka ko'z qo'ygandek yarashib turibdi. Uning ochilish marosimida Ichki ishlar vazirligi rahbariyati, bosh boshqarma, boshqarma, vazirlik tasarrufidagi oliy ta'lim muassasalari boshliqlari, Toshkent shahar IIBB, Toshkent viloyati IIB rahbariyati, mehnat faxriylari, korxona, tashkilotlarning mutasaddilari va quruvchi-bunyodkorlar qatnashdilar.

Tadbirni IIV Akademiyasi boshlig'i vazifasini bajaruvchi, polkovnik T.Saitbayev kirish so'zi bilan ochdi. U o'z so'zida butun jahonda moliyaviy-iqtisodiy inqiroz kechayotganiga qaramay, yurtimizda bunyodkorlik ishlarining jadal sur'atda davom etayotgani, bu bilan yuzlab, minglab aholiga ish o'rinlari yaratib berilayotganini mamnuniyat bilan qayd etarkan, mazkur mehmonxona majmuasining ochilishi ana shu g'amxo'rlikning yana bir ifodasi ekanligini ta'kidladi.

Notiq mazkur mehmonxona IIV Akademiyasiga xizmat safariga, o'qishga, malaka oshirishga kelgan ichki ishlar idoralari xodimlariga hamda tinglovchi va kursantlarning ota-onalari, yaqinlariga qulaylik tug'dirish maqsadida barpo qilinganini e'tirof etdi. Shuningdek, inshoot qurilishiga bosh-qosh bo'lgan vazirlik rahbariyati, Akademiya shaxsiy tarkibi va quruvchilarga minnatdorlik bildirdi.

Tadbirda so'z olgan O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o'rinbosari, polkovnik A. Mirzayev xalqimizning qadimiy bayrami - Navro'z tantanalari davom etayotgan shukuhli kunlarda ishga tushirilayotgan mazkur mehmonxona mamlakatimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligi, ravnaqini oshirish borasida amalga oshirilayotgan bunyodkorlikning yana bir yorkin namunasi bo'lib, ezgu maqsadlarga xizmat qilishini qayd etdi.

Tantanali marosimda IIV Akademiyasi faxriylar kengashi raisi, iste'fodagi polkovnik E. Arifjanov mehmonxona qurilishining ahamiyati va yaratilgan shart-sharoitlar haqida to'lqinlanib gapirdi. Akademiya mehmonxonasining bunyod etilishida yaqindan yordam bergan IIV rahbariyatiga barcha faxriylar nomidan minnatdorchilik bildirdi.

Ko'rkam majmuaning bunyod etilishiga munosib hissa ko'shgan «ANDINO STROY» kurilish firmasi bosh direktori A. Zaporojnichenko binoning qurilishi, yaratilgan shart-sharoitlar, amalga oshirilgan obodonlik ishlari haqida to'xtalib, mehmonxona faqat ezgu niyatlarga xizmat qilishini tiladi va majmuaning ramziy kalitini vazirlik rahbariyatiga tantanali ravishda topshirdi.

- Bir yarim gektar maydonda barpo qilingan, 125 nafar mehmonni kutish va namunali xizmat ko'rsatishga mo'ljallangan majmuada kishilar nafaqat ko'ngilli dam olishlari, balki sport-sog'lomlashtirish markazi faoliyatidan ham bahramand bo'lishlari mumkin, -deydi IIV Akademiyasi moddiy texnika ta'minoti bo'limi boshlig'i vazifasini bajaruvchi, mayor Sunnat Maxamedov. -Shu maqsadda xalqaro va shaharlararo telefon aloqasi, alohida ajratilgan aloqa tarmog'i bo'yicha internet xizmati, yopiq suzish havzasi, sauna, bar, fitnes markazi, trenajyor zali, tennis korti va boshqa servis xizmatlari yo'lga qo'yilgan. Bir, ikki, uch o'rinli, oilaviy va lyuks xonalar, apartamentlar mehmonlar xizmatida. Shuningdek, tibbiy xizmat ko'rsatish xonasi, dorixona ham mavjud. Mehmonxonadagi restoranda esa milliy va yevropa taomlaridan bahramand bo'lish, tantana va marosimlarni o'tkazish ham mumkin. Shaxsiy avtomashinalarida kelib-ketuvchilar o'z avtomashinalari xavfsizligidan xavotir olmasalar ham bo'ladi, chunki kechayu kunduz qo'riklanadigan avtoturargohlar ular xizmatida.

- Ushbu mehmonxona zamon talablariga to'la javob beradi, - deydi mamnuniyat bilan IIV Akademiyasi yurist-konsulti, kapitan Diyorbek Sattorov. - Mehmonxona majmuasi tom ma'noda sharqona mehmondo'stlik ramzi bo'lib, infratuzilmasida tadbirkorlikni rivojlantirish, chunonchi, qandolatchilik, hunarmandlik va boshqa xalq amaliy san'ati faoliyatini yo'lga qo'yish rejalashtirilgan. Agar e'tibor bergan bo'lsangiz, mehmonxona oldidagi favvoralar tungi musiqali-rangli chiroklar bilan jihozlangan bo'lib, bu ham tashrif buyuruvchilarga zavqshavq bag'ishlashi shubhasiz. Mehmonxona maydoniga o'tqazilgan 300 tup manzarali daraxtlar, anvoyi gullar binoning yanada ko'rkam va muhtasham ko'rinishini ta'minlaydi. Yana bir muhim jihati bu binoda yetmishdan ortiq fuqarolarimiz muqim ish joyiga ega bo'ladi. Bu albatta, kishini quvontiradi.

Binoni ko'zdan kechirgan mehmonlar ko'rganlari eshitganlariga mos ekanligini e'tirof etishdi. Kutish zallari, xonalarning, xizmat ko'rsatish shoxobchalarining har biri o'ziga xos va betakror, bejirim bezatilgani, zamonaviy qurilish ashyolaridan mohirona foydalanib, sharq me'morchiligi an'analari davom ettirilgani, uning sharqona mehmondo'stlik timsoliga aylani-shiga shubha qoldirmaydi.

Muhtasham inshoot haqidagi iliq suhbatlar majmuaning tantanali ochilishi munosabati bilan mehmonlarga yozilgan dasturxon ustida davom etdi. Taniqli xonanda va sozandalarning kuy-qo'shiqlari tadbirga o'zgacha shukuh va fayz bag'ishladi.

 

Muhabbat Ibragimova

 

“Postda” gazetasi, 2010 yil 10 aprel, ¹ 15 (3856)

 

   
 

    © O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2010