|
Yosh avlodni Vatanga munosib yetuk mutaxassis xodimlar qilib
tarbiyalash, ularga zamonaviy fan-texnika sirlarini mukammal o‘rgatish,
yurt farovonligi, el tinchligi yo‘lida fidoyi insonlar bo‘lib yetishishini
ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasida
bosqichma-bosqich o‘tkazilayotgan islohotlar o‘z samarasini bermoqda.
Endilikda istiqlol farzandlari har jabhada o‘z o‘rinini topayapti, elga
munosib, yurt kelajagi yo‘lida tashabbuslar ko‘rsatishmoqda.
Bularning barchasi zamirida davlatimiz tomonidan olib borilayotgan
oqilona siyosat, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi hamda «Ta’lim
to‘g'risida»gi Qonun mujassam.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi ham, ta’bir joiz bo‘lsa,
kadrlar tayyorlashga ixtisoslashgan mustaqillik yillarining ilk
qaldirg'och o‘quv dargohlaridan biridir. Bu yerda asosan huquq-tartibot,
el osoyishtaligi yo‘lida taqdirini, kelajagini tikkan mard va jasur
yoshlar ta’lim oladi.
Uning faoliyatiga nazar solganlar, albatta, bunga amin bo‘lishadi. IIV
Akademiyasi Respublika Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 2 sentabrdagi
qarori va O‘zbekiston Respublikasi IIVning 1994 yil 20 oktyabrdagi
buyrug'i asosida tashkil etilgan. O‘zbekiston Respublikasi
qonunchiligiga muvofiq oliy ta’limning asosiy va qo‘shimcha kasbiy o‘quv
dasturlari bo‘yicha ta’lim beradigan ixtisoslashgan oliy bilim
dargohidir.
Prezidentimiz Islom Karimovning tashabbusi bilan
mustaqillikningdastlabki yillarida tashkil etilgan IIV Akademiyasi
ichki ishlar idoralari uchun malakali mutaxassislar tayyorlovchi yetakchi
o‘quv yurtiga aylandi.
O‘kuv yurtida ilg'or ta’lim texnologiyalari keng qo‘llaniladi, o‘ziga xos
pedagogik metodikalar ishlab chiqilib, o‘kuv jarayoniga tatbiq etiladi,
ichki ishlar idoralarining faoliyati bilan bog'liq dolzarb nazariy va
amaliy ilmiy-tadqiqotlar olib boriladi. Jamoa doimo ijodiy izlanishda
bo‘lib, o‘z faoliyatining yo‘nalishlari va mazmunini takomillashtirib
bormokda.
Qisqa davrda u mamlakatimizning yetakchi ta’lim muassasalaridan biriga
aylandi va zamonaviy moddiy bazaga hamda katta ilmiy salohiyatga ega.
Shu kungacha 14 mingdan ortiq malakali mutaxassislar tayyorlandi, 17
mingga yaqin ichki ishlar idoralari xodimlari qayta tayyorlash va malaka
oshirish kurslarini o‘tashdi.
Yana bir jihati, IIV Akademiyasi huquqni muhofaza qiluvchi idoralar
uchun mutaxassislar tayyorlaydigan Markaziy Osiyodagi eng yirik oliy
o‘quv yurtlaridandir.
Dastlabki yillardanoq o‘quv jarayonini tashkil qilish tubdan qayta ko‘rib
chiqildi: rejaga yangi fanlar kiritildi; namunaviy dasturlar va ular
asosida darsliklar, o‘quv-metodik qo‘llanmalar, ma’ruzalar kurslari
yaratildi; ta’lim jarayonining tizimliligi-ni ta’minlovchi normativ-huquqiy
baza shakllantirildi.
1995-1997 yillarda o‘kuv jarayoni yanada takomillashib, tahririyat-noshirlik
faoliyati sezilarli darajada jonlandi, tinglovchilar davlat tilidagi
adabiyotlar bilan ta’minlana boshlandi.
1998 yil Akademiyada ta’lim tizimini tubdan isloh qilishning boshlang'ich
bosqichi hisoblanadi. «Ta’lim to‘g'risida»gi qonun va Kadrlar tayyorlash
milliy dasturiga muvofiq ishlar olib borilib, ilmiy-tadqiqot sohasi
sezilarli darajada kengaydi, Doktorantura va ad’yunktura faoliyati ham
jadallashib, o‘zbek huquqshunos olimlarining yangi avlodi shakllandi,
Ichki ishlar idoralari uchun rahbar kadrlar tayyorlash fakulteti
negizida Oliy akademik kurslar tashkil topdi. Zamon talablari va
qo‘yilgan vazifalardan kelib chiqkan hamda xorijiy mamlakatlarning
politsiya mahkamalari tajribalarini hisobga olgan holda, ichki ishlar
idoralari ofitserlarining malakasini oshirish fakulteti ishida yangicha
yondashuv karor topdi.
Prezidentimizning 2004 yil 19 iyuldagi Farmoni va Vazirlar
Mahkamasining 2004 yil 23 sentabrdagi qaroriga asosan, IIV
Akademiyasi tarkibida Serjantlar tarkibini tayyorlash bo‘yicha oliy
kurslari tashkil etildi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad ichki ishlar
idoralari birlamchi bo‘linmalarining boshqaruvini ta’minlash, murakkab
sharoitlarga moslashib, keskin vaziyatlarda to‘g'ri qarorlar qabul qila
oladigan yuksak jangovar, axloqiy-ma’naviy, ruhiy fazilatlarga ega
bo‘lgan serjant xodimlarni tayyorlashdan iboratdir.
Akademiya jamoasi ilg'or pedagogik texnologiyalar va o‘quv-metodik
komplekslar asosida yuqori malakali yuristlar tayyorlashdek yuksak
mas’uliyatli vazifaga munosib hissa qo‘shmokda.
IIV Akademiyasida ichki ishlar idoralari uchun «Jinoyatlarning oldini
olish faoliyati», «Tergov faoliyati», «Tezkor qidiruv faoliyati», «Kriminalistik
faoliyat» mutaxassisliklari bo‘yicha oliy yuridik ma’lumotga ega bo‘lgan
yuqori malakali mutaxassislar tayyorlanadi. O‘qish tugaganidan keyin
bitiruvchilarga oliy ma’lumot to‘g'risidagi diplom va «yurist»
ixtisosligi, shuningdek, «leytenant» maxsus unvoni beriladi.
Ta’limning tarbiya va ichki ishlar idoralaridagi amaliy faoliyat bilan
chambarchas bog'liqligi Akademiyada o‘quv jarayonini tashkil qilishning
xususiyatidir. Mutaxassislar tayyorlash dasturiga nazariy ta’lim
yakunlanishining har bir bosqichida o‘quv amaliyoti va stajirovka o‘tash
nazarda tutilgan bo‘lib, ularning to‘rt yil mobaynidagi umumiy hajmi
19 haftani tashkil qiladi.
Ta’lim jarayonida tinglovchilarni pedagogik testdan o‘tkazish usuli keng
ko‘llaniladi. Akademiyaning zamonaviy kompyuter texnikasi bilan
jihozlangan test markazi bir vaqtning o‘zida 100 dan ortiq
tinglovchini test sinovidan o‘tkazish imkoniyatiga ega va bilimining
oshkora, xolisona baholanishini ta’minlaydi.
Umumiy kitob fondi 350 ming nusxadan ortiq o‘quv, ilmiy, maxsus,
ijtimoiy-siyosiy va badiiy adabiyotlar hamda davriy axborot
nashrlaridan iborat kutubxona ham tinglovchilar ixtiyoriga berilgan.
Ta’lim jarayonini tashkil qilish va amalga oshirish borasida Akademiyada
to‘plangan tajriba respublika IIVga qarashli oliy ta’lim muassasalari
ham keng ommalashtirilgan. Ta’lim jarayonini o‘quv-metodik ta’minlashni
takomillashtirish borasida katta ishlar qilinmokda.
Birinchi bosqichda (1994-1997 yy.) respublika ichki ishlar idoralari
tarixida ilk bor davlat tilida 50 dan ortiq namunaviy dasturlar,
boshqa o‘quv-metodik materiallar, shuningdek, o‘quv jarayonini tashkil
qilishga oid normativ-huquqiy baza ishlab chiqildi.
Ikkinchi bosqichda (1998-2004 yy.) «Ta’lim to‘g'risida»gi qonun hamda
Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga muvofiq ta’lim jarayoni tubdan
qayta tashkil qilindi. Kadrlar tayyorlashning ikki bosqichli tizimi va
yangi ta’lim standartlariga o‘tilishi munosabati bilan o‘quv rejalari,
namunaviy dasturlar ishlab chiqildi.
Uchinchi bosqich (2004 yil sentabrdan boshlab) O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2004 yil 19 iyuldagi Farmoni hamda O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 23 sentabrdagi «O‘zbekiston
Respublikasi IIV Akademiyasida ichki ishlar idoralari mutaxassislarini
tayyorlashni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g'risida»gi qaroriga
muvofiq ta’lim jarayoni «Jinoyatlarning oldini olish faoliyati», «Tergov
faoliyati», «Operativ qidiruv faoliyati», «Ekspert-kriminalistik
faoliyat» mutaxassisliklari bo‘yicha oliy yuridik ma’lumotga ega
diplomli mutaxassislar tayyorlashga qaratildi.
Ichki ishlar idoralari uchun rahbarlar tarkibini tayyorlash 2004 yilda
tashkil etilgan va IIV Akademiyasining mustaqil ixtisoslashgan ta’lim
beruvchi bo‘linmasi hisoblanadigan Oliy akademik kurslarda amalga
oshiriladi.
Mazkur kurslarning asosiy vazifasi ichki ishlar idoralari uchun yuksak
kasb mahoratiga ega bo‘lgan, ma’naviy va axloqiy talablarga javob
beradigan, jinoyatlarning oldini olish, huquq-tartibotni saqlash,
jamoat xavfsizligini ta’minlash borasidagi faoliyatini tashkil qilish va
boshqarishga qodir bo‘lgan rahbar kadrlar tayyorlashdan iborat.
Oliy akademik kurslarda ta’lim jarayoni maxsus ishlab chiqilgan dastur
asosida amalga oshiriladi. U 12 oy mobaynida ta’limning kunduzgi
shaklida bajarishga mo‘ljallangan.
Respublika IIV xodimlarining uzluksiz ta’limi tizimida ichki ishlar
idoralari ofitserlari tarkibini tayyorlash, qayta tayyorlash va
malakasini oshirish ichki ishlar organlari ofitserlarining malakasini
oshirish fakultetida ta’minlanadi. Ushbu fakultet orqali ularning
kasbiy bilimlarini chuqurlashtirish va yangilashni ta’minlovchi
ixtisoslashgan tarkibiy o‘quv bo‘linmasi hisoblanadi.
Qisqa muddatli ta’lim jarayonida tinglovchilar yuridik fanlar erishgan
zamonaviy yutuqlar, mamlakatimiz va xorijiy davlatlar huquqni
muhofaza qiluvchi organlari jinoyatlarning oldini olish, ularni ochish,
tergov qilish sohasida to‘plagan tajriba haqida bilim oladilar.
Mashg'ulotlarni o‘tkazishga nafaqat Akademiyaning professor-o‘qituvchilari,
balki Ichki ishlar vazirligi, boshqa vazirlik va idoralarning
rahbarlari hamda yetakchi mutaxassislari, shuningdek, ichki ishlar
idoralarining tajribali amaliyotchi xodimlari jalb etilgan.
Ta’lim muddati tugaganidan keyin fakultet tinglovchilariga
belgilangan namunadagi sertifikatlar beriladi.
O‘quv-tarbiya jarayonini metodik ta’minlash samaradorligini
rivojlantirishda asosiy e’tibor tinglovchilarning ta’lim olishlarini
faollashtirish, ilg'or pedagogik tajriba, o‘qitishning zamonaviy didaktik
vositalari, axborot va telekommunikatsiya texnologiyalaridan
foydalanishga asoslangan zamonaviy ta’lim usullarini joriy etishga
qaratilmokda.
Shaxsiy tarkib bilan ishlash xizmati tizimiga tinglovchilar va
kursantlarning kasbiy-axloqiy barkamolligini, ularda konstitutsiyaviy
huquq, fuqarolarning erkinligiga rioya qilish prinsiplarini
shakllantirishga qaratilgan tadbirlar majmui kiritilgan. U kasbiy
yo‘nalish, o‘qishga nomzodlarni tanlash, kursantlar va tinglovchilarning
xizmat faoliyatiga moslashuvlari, bitiruvchi tinglovchilarning kasbiy
faoliyatga mustaqil yondashishlarini o‘stirishga qaratilgan.
Bu borada guruh rahbarlarining o‘zlariga bo‘ysunuvchi xodimlarning,
professor-o‘qituvchilar tarkibining tinglovchilar va kursantlar bilan
olib boradigan yakka tartibdagi tarbiyaviy ishlari alohida o‘rin
egallaydi. Tinglovchilar bilan siyosiy-ma’rifiy mashg'ulotlar maqsadga
yo‘naltirilgan holda samarali o‘tkazilmoqda.
Tarbiyaviy jarayonning yana bir asosiy yo‘nalishi kursantlar,
tinglovchilar va xodimlardan saylangan ijtimoiy tuzilmalar faoliyatini
yuksaltirishdir. Ular Akademiya rahbariyatiga jamoada sog'lom
ma’naviy-ruhiy muhitni saqlab turishda sezilarli yordam ko‘rsatmokda.
Ijtimoiy tuzilmalar tizimiga quyidagilar kiradi: faxriylar kengashi,
kuratorlar kengashi, murabbiylar kengashi, xotin-qizlar kengashi,
tinglovchilar va kursantlar kengashi, odob-axloq sudi shular
jumlasidan.
Tinglovchilar o‘rtasida o‘quv va xizmat intizomi, tarbiyaviy ishlarni
tashkil etish hamda kurs rahbarlari, o‘qituvchilar tarkibi bilan
munosabatni shakllantirish bo‘yicha ijtimoiy-ruhiy ahvol muntazam
monitoring qilib boriladi.
Shaxsiy tarkibni tarbiyalash shakllaridan yana biri tinglovchilarni otaliq
ishlariga jalb qilishdir. Mana, bir necha yildirki, o‘quv yurti Toshkent
shahridagi 21-Mehribonlik uyida tarbiyalanayotgan bolalarni otaliqqa
olgan. Tinglovchilar va o‘qituvchilar bu yerdagi tarbiyalanuvchilarga har
tomonlama yordam ko‘rsatmoqda.
Kursant va tinglovchilar tarbiyasida tantanali marosimlar alohida o‘rin
egallaydi. Ichki ishlar idoralari xodimlarining qasamyodini qabul
qilish, yosh mutaxassislarning bitiruv tantanasi, yangi o‘quv yilining
boshlanishi, mukofotlanganlarni saf oldida takdirlash - bularning
hammasi ularning kasbga muhabbatini shakllantirishga qaratilgandir.
Manaviy-ma’rifiy ishlarda Akademiyaning 1999 yilda tashkil etilgan
Tarixiy-huquqiy muzeyi alohida o‘rin tutadi. Bu yerda davlatimiz
tarixi, ota-bobolarimizning huquqiy merosi, ichki ishlar idoralariga
kadrlar tayyorlash tizimining shakllanish tarixiga oid juda ko‘p
eksponatlar va materiallar yig'ilgan.
Ushbu dargohning ilmiy-tadqiqot faoliyati qonuniylik, huquq-tartibot
va jinoyatchilikka qarshi kurash hamda inson huquqlarini ta’minlash,
olingan natijalarni amaliy faoliyatga joriy etishga yo‘naltirilgan,
Istiqlol yillarida o‘z ilmiy maktabimizni yaratish va o‘zbek
olimlarining yangi avlodini shakllantirish zarurati yuzaga keldi. Bugun
IIV Akademiyasida 16 nafar fan doktori va 86 nafar fan nomzodi,
jumladan, 10 nafar professor va 48 nafar dotsent samarali faoliyat
ko‘rsatadi.
Mamlakatimiz qonunchiligini shakllantirishda Akademiya huquqshunos
olimlarining ham ulkan hissasi bor, Jumladan, olimlarimiz O‘zbekiston
Respublikasining Konstitutsiyasi, Jinoyat kodeksi, Jinoyat-protsessual
kodeksi, Ma’muriy javobgarlik to‘g'risidagi kodeksi, Jinoyat-ijroiya
kodeksi, Soliq va Bojxona kodekslari va boshqa normativ-huquqiy
hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda faol ishtirok etdi.
Yuqori malakali ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash Akademiya
faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Nomzodlik va doktorlik
dissertatsiyalari ustida ishlayotgan tadqiqotchilar, ad’yunktlar,
doktorantlar soni yildan yilga ortib bormokda.
Ilmiy-tadqiqot faoliyatiga iqtidorli tinglovchilarni jalb etishga
alohida e’tibor qaratilgan, Ijtimoiy-gumanitar, umum-kasbiy va
maxsus kafedralar qoshida tinglovchilarning ilmiy to‘garaklari ishlab
turibdi.
Huquqni muhofaza qilish faoliyatini normativ-huquqiy ta’minlashni
takomillashtirishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlarning natijasi
tahririyat-noshirlik faoliyatida namoyon bo‘lmokda.
Akademiyada mustaqillik yillarida 1453 nomdagi adabiyotlar, jumladan,
60 ga yaqin darslik, 40 qa yaqin ma’ruzalar kurslari, 350 dan ortiq
o‘quv qo‘llanmalari, 74 ta monografiya, 21 ta ilmiy maqolalar to‘plami,
22 ta ilmiy-amaliy va ilmiy-nazariy konferensiya, seminarlar
materiallari, 900 ga yaqin o‘quv-metodik va boshqa nashrlar chop etildi,
O‘quv jarayoniga zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar hamda
huquqni muhofaza qilish xodimlarini tayyorlash borasidagi ilg'or xalqaro
tajribani joriy etish bo‘yicha innovatsion pedagogik va axborot
texnologiyalari tatbiq etilmoqda.
Innovatsion faoliyat pedagogik jamoa oldida turgan ustuvor
vazifalardan biridir. Shu bois ushbu faoliyatni metodik ta’minlash va
ta’lim dasturlariga yangiliklarning joriy etilishini kuzatib borishda
Akademiya Innovatsion pedagogik texnologiyalar markazi yetakchi o‘rin
tutadi.
Markaz faoliyatining asosiy yo‘nalishlari - innovatsion pedagogik
texnologiyalarni ishlab chiqish va ularning ta’lim jarayoniga joriy
etilishiga ko‘maklashish, Akademiya va boshqa oliy o‘kuv yurtlari
o‘qituvchilarining malakasini oshirish, endi ish boshlayotgan o‘qituvchilarni
ilmiy, pedagogik ishlarga tayyorlash, xalqaro hamkorlik hamda politsiya
xodimlarini tayyorlashning xorijiy tajribasini integratsiyalash bo‘yicha
dastur lar doirasida ilmiy-pedagogik loyihalarni chet el o‘quv yurtlari
bilan ilmiy va birgalikda amalga oshirishdir.
O‘kuv jarayonini jadallashtiruvchi innovatsion axborot texnologiyalari ham
keng qo‘llaniladi. Axborot texnologiyalarini o‘quv jarayoniga joriy
etishning asosiy vazifasi va pirovard maqsadi - Akademiyada barcha
o‘quv, ilmiy-metodik resurslarni birlashtiruvchi yagona axborot-ta’lim
makonini yaratish, ulardan tinglovchi, professor-o‘qituvchilarning
foydalana olishlarini ta’minlashdan iborat. Ushbu maqsadda lokal
kompyuter tarmog'i tashkil etilgan bo‘lib, u tarkibiy bo‘linmalarning
ta’lim resurslarini birlashtirishga xamda undan tinglovchi va
xodimlarning foydalanishlariga imkon beradi.
Tinglovchilar va professor-o‘qituvchilarning internet orqali xalqaro
ta’lim resurslaridan foydalanishlarini ta’minlash borasida ham katta
ishlar qilinayapti.
Jinoyatchilikka qarshi kurash soxasida xalqaro hamkorlikning muhimligi
xalqaro tashkilotlar bilan amaliy hamkorlikni kengaytirishga e’tiborni
kuchaytirmokda. Shu sababli Akademiya Yevropada xavfsizlik va hamkorlik
tashkiloti, YeXHTning O‘zbekistondagi loyihalar koordinatori, YeXHTning
Strategik masalalar bo‘yicha politsiya faoliyati bo‘limi, BMTning
Jinoyatchilik va narkotiklar bo‘yicha Markaziy Osiyo hududiy boshqarmasi
vakolatxonasi, BMTning Qochoqlar ishlari bo‘yicha Oliy komissari
boshqarmasi, BMTning Taraqqiyot dasturi, Xalqaro Qizil Xoch, Fridrix
Ebert nomidagi fond, xorijiy mamlakatlarning O‘zbekistondagi
elchixonalari va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan yaqindan aloqa
o‘rnatgan.
Shular qatorida bir qator xorijiy mamlakatlarning ta’lim muassasalari
va huquqni muhofaza qiluvchi idoralari bilan ham mustahkam aloqalar
yo‘lga qo‘yilgan. Bunday hamkorlik bo‘lajak xodimlarning kasbiy
tayyorgarligini oshirish sohasida sheriklar orasida tajriba almashishning
muhim vositasi hisoblanadi, Akademiya xodimlari ilg'or tajribalarni
o‘rganish maqsadida Avstriya, Vengriya, Germaniya, Irlandiya, BAA, AQSh,
Turkiya, Fransiya, Chexiya, Shvetsiya, Yaponiya va boshqa qator davlatlarning
politsiya ta’lim muassasalarida bo‘lishgan, Bundan tashqari, MDH
mamlakatlari Ichki ishlar vazirliklarining oliy ta’lim muassasalari
bilan hamkorlik qilinadi, shuningdek, MDHga ishtirokchi davlatlar IIV
(politsiya) oliy ta’lim muassasalari uyushmasi tarkibiga kiradi.
Delegatsiyalar almashinuvi doirasida o‘rganilgan xorijiy mamlakatlarning
o‘quv yurtlari va politsiyasi faoliyatidagi ilg'or tajribalar, kadrlar
tayyorlashning shakl va usullarini takomillashtirishda muntazam
qo‘llaniladi.
Oliy o‘quv yurtining xalqaro faoliyatida YeXHTning O‘zbekistondagi
loyihalar koordinatori bilan hamkorligi muhim o‘rin tutadi. Bir necha
yildirki, «O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasida huquqni muhofaza
qilish idoralari uchun kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirishga
ko‘maklashish» loyihasi doirasida Akademiya ta’lim jarayoniga politsiya
kadrlarini tayyorlashning Yevropa tajribasini implementatsiya qilish
bo‘yicha katta dastur amalga oshirib kelinmokda.
Ushbu loyiha ilg'or informatsion va pedagogik texnologiyalarni, huquqni
muhofaza qilish organlari uchun xodimlar tayyorlashning xalqaro
tajribasini o‘quv jarayoniga tatbiq etishga, moddiy-texnik bazani zamon
talablariga mos ravishda takomillashtirishga yo‘naltirilgan.
BMTning Jinoyatchilik va narkotiklar bo‘yicha Markaziy Osiyo hududiy
boshqarmasi vakolatxonasi bilan «Hududiy hamkorlik, hamjihatlik
to‘g'risidagi memorandum ishtirokchilari bo‘lgan davlatlarda narkotiklar
nazorati bo‘yicha huquqni muhofaza qilish faoliyatida interaktiv
kompyuterlashtirilgan ta’lim» loyihasi doirasida ham sheriklik
aloqalari faol rivojlanib bormoqda. Ushbu maqsadda Akademiyada tegishli
yo‘nalishda interaktiv kompyuterlashtirilgan ta’lim tizimiga ega o‘quv
markazi yaratilgan.
Ichki ishlar idoralarining xodimlarini jismonan sog'lom, jamoat
xavfsizligini ishonchli himoya qilishga qodir, yuksak axloqiy
prinsiplarga ega komil insonlar qilib tarbiyalash Akademiya oldidagi
bosh maqsadlardan biri. Shu bois kursantlar va tinglovnilarning
sog'lig'ini mustaqkamlashga alohida e’tibor qaratiladi.
Buning uchun bu yerda zamonaviy sport infratuzilmasi shakllantirilgan.
Futbol, yengil atletika stadioni, gimnastika shaharchasi, suzish
basseyni, tennis korti, o‘yinlar uchun mo‘ljallangan zal va ikkita
kurash zali mavjud. Shuningdek, sambo va dzyudo kurashlari, xizmat
ko‘pkurashi, yengil atletika, futbol, voleybol, qo‘l jangi, yunon-rum,
erkin kurash seksiyalari ham ishlab turibdi. O‘quv mashg'ulotlarini yuqori
malakali mutaxassislar olib borishadi. Ular orasida sport ustalari,
mintaqa va jahon chempionatlarining g'oliblari, sovrindorlari bor.
Sportchilar O‘zbekiston milliy terma jamoalar tarkibida jahon va Osiyo
chempionatlarida qatnashib, sambo, dzyudo, taekvando, boks, og'ir
atletika, yunon-rum erkin kurash turlari bo‘yicha 350 ta, jumladan, 60
dan ortiq oltin medalni qo‘lga kiritishgan. Turli yillarda sambo
kurashi bo‘yicha Akademiya xodimlari va tinglovchilaridan Yu. Yankina, Ye.
Zaytseva, M. Kadirova, Ye. Tulupova, B. Xo‘jayev, A. Qurbonov, E.
G'ulomov, D. Qambarova, erkin kurash bo‘yicha - tinglovchi M. Ibadov
Jahon va Osiyo chempionlari bo‘lishgan. Shuningdek, D. Aripov (yunon-rum
kurashi) R. Kutuyev va Sh.Ibragimov (karate), L. Li, A. Kim va M. Nogay
(taekvando) Jahon va Osiyo chempioni unvoniga sovrindori, B. Usmonov
og'ir atletika bo‘yicha Osiyo chempioni bo‘ldi. Akademiya jismoniy
tayyorgarlik kafedrasining xodimi Akobir Qurbonov 1999 yilda O‘zbek
milliy kurashi bo‘yicha birinchi Jahon chempioni unvoniga, 2010 yilda
Pekin (Xitoy) shahrida o‘tkazilgan Butunjahon jang san’ati "Sport
Akkord" o‘yinlarining oltin medaliga sazovor bo‘ldi. Shu kafedra
o‘qituvchisi Eldor G'ulomov jangovar sambo bo‘yicha birinchi Jahon
chempioni bo‘ldi.
Akademiyada Osiyo sambo federatsiyasi (OSF) muvaffaqiyatli faoliyat
ko‘rsatib kelmoqda. Uning prezidenti jismoniy tayyorgarlik
kafedrasining boshlig'i, pedagogika fanlari nomzodi, professor F.
Po‘latovdir.
O‘quv dargohining moddiy-texnik bazasini bugungi kun talabi
darajasiga keltirish yo‘lida ham ko‘plab ishlar qilindi. Jumladan,
hududda joylashgan barcha bino va inshootlar zamonaviy qilib kapital
ta’mirdan chiqarildi: ko‘rkam bog' hamda gulzorlar, archa-zorlar
yaratildi, devor va arka shakldagi darvoza inshootlari qurildi,
kirish-chiqish nazorat punktlari qayta qurildi.
Tinglovchilarning fanlarni o‘zlashtirish darajalarini reyting tizimida
baholash, STTOKga qabul qilinuvchi nomzodlarni imtihon qilish maqsadida
Test markazi tashkil etildi va zamonaviy kompyuterlar bilan
ta’minlandi. Shuningdek, ma’ruza zallari ta’mirlanib, tegishli mebel,
multimedia vositalari bilan jihozlandi, auditoriyalarda sun’iy iqlim
va ventilyatsiyani ta’minlash uskunalari o‘rnatildi. Axborot resurslari
markazini yaratish maqsadida umumiy va maxsus kutubxona hamda ularning
filiallari tashkil etilib, mebel, kompyuter vositalari bilan
jihozlandi.
Toshkent avtomobillar halqa yo‘lidagi 2,85 gektarli qarovsiz yer
Akademiya tasarrufiga o‘tkazilib, keng miqyosli kapital-ta’mirlash
ishlari bajarilgach, o‘quv auditoriyalari, kafedra va bo‘limlar uchun
xonalar barpo etildi. Toshkent avtomobillar halqa yo‘li, Do‘rmon yo‘li
ko‘chasi kesishgan yerda joylashgan tashlandiq holda yotgan qurilish besh
qavatli ma’muriy va o‘quv xonalariga ega binoga aylantirildi.
Akademiya shaxsiy tarkibining hordiq chiqarishi va dam olishi uchun sharoit
yaratish maqsadida hududga tutash joydan oqib o‘tuvchi Qorasuv daryosi
bo‘yidagi qarovsiz yotgan bo‘sh yer o‘zlashtirilib, «Orom» choyxonasi barpo
etildi.
O‘quv dala markazida ham keng qamrovli bunyodkorlik ishlari amalga
oshirildi: barak tipidagi eski kazarmalar o‘rnida sovuq va issiqdan
saqlovchi yangi tipdagi to‘rtta zamonaviy shinam modul-kazarmalar bunyod
etildi. 650 nafar shaxsiy tarkibga mo‘ljallangan oshxona, ma’ruza zali,
sinfxonalar, taktik shaharcha, harbiy mashqlar bajariladigan saf
maydoni qurilishi ham istiqlol sharofatidandir.
Serjantlar tarkibini tayyorlash bo‘yicha oliy kurslari uchun Akademiya
hududida to‘rt qavatli ikkita bino ajratilib, ular zamon talablari
asosida o‘quv xonalari va yotoqxonaga aylantirildi. O‘quv binosida
STTOK tarkibiga kiruvchi bo‘linmalarning xonalari, auditoriyalar va
kutubxona zaruriy o‘quv jihozlari bilan jamlangan.
Akademiya tinglovchi va kursantlariga zamonaviy tibbiy xizmat ko‘rsatish
maqsadida muolaja, bog'lov, stomatologiya, jarrohlik, terapevt,
fizoterapiya, lazaret va boshka xonalar to‘liq zamonaviylashtirildi. Shu
bilan birga, aloka vositalari - 400 abonentga mo‘ljallangan yangi
raqamli ATS ishga tushirilgan.
Intizor ko‘chasida qarovsiz holda yotgan, chala qurilgan 4 qavatli bino
Toshkent shahar hokimining qarori bilan Akademiya ixtiyoriga berilgach,
rekonstruksiya ishlari qilinib, mehmonxona tashkil etildi. Hozir bu
joyga xizmat yuzasidan tashrif buyurgan, shuningdek, IIV Akademiyasiga
malaka oshirish, o‘qish maqsadida kelgan ichki ishlar idoralari xodimlari
va xizmatchilari, tinglovchi, kursantlarning ota-onalariga sifatli
xizmat ko‘rsatilmoqda.
Bir so‘z bilan aytganda, istiqlol tufayli mazkur o‘quv dargohi ham
jamiyatimizga yetuk huqukshunos-kadrlar tayyorlab berish sohasida o‘z yo‘li
va aniq maqsadiga ega bo‘ldi. Ichki ishlar sohasida olib borilayotgan
tub islohotlar tufayli uning poydevori yanada mustahkamlanmokda,
maqsadga yo‘naltirilgan istiqbolli rejalr qaror topmokda.
Sardor Razzoqov, podpolkovnik.
Abdusami Haqberdiyev.
"Postda" gazetasi, 2011 yil 13 avgust, ¹ 33 (3926)
|