|
|
"Ishonchingni oqlaymiz, Vatan!"
|
O'zbekiston Respublikasi IIV tizimidagi oliy ta'lim muassasalarida navbatdagi
tantanali bitiruv marosimlari bo'lib o'tdi. Quyida ana shu tadbirlar haqidagi
reportajlar bilan tanishtiramiz.
Respublika Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi. Oliy ta'lim muassasasi hududiga
kirishingiz bilan serviqor archalar va turfa gullar bo'yi dimog'ingizni
qitiqlaydi. Bu yerdagi ozodalik, saranjomlik ko'ngillarga ko'tarinkilik
bag'ishlaydi. Qo'lida dasta-dasta gullar ko'targan ota-onalar, o'g'li yoki
qizini, yoshlar, jajji bolajonlar esa akalarini qutlashga oshiqishadi. Bu kun
Akademiya to'rtinchi kurs tinglovchilari bitiruv marosimiga bag'ishlangan
tantanasi bo'lib o'tadi.
Akademiya maydonida bayram libosida saf tortib turgan, hayajondan masrur
bitiruvchilar ko'nglidan shunday so'zlar o'tgan bo'lsa ajab emas: «Vatanim! Mana
men, sening farzanding, bugun xizmatingga shay bo'lib turibman. Sening har bir
qarich tuprog'ing muqaddas, uni ko'zimga to'tiyo aylagum. Onajonim allasi haqqi,
bergan non-tuzing haqqi senga sidhidildan xizmat qilgayman. Ishonchingni
oqlayman, Vatan!».
Ma'lumki, mamlakatimizda Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida kelajagimiz
bo'lgan yoshlarning kamolini ko'zlab keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmokda.
Davlat dasturlarining hayotga izchil tatbiq etilishi, hukumatimiz tomonidan
yoshlarga ko'rsatilayotgan g'amxo'rliklar, albatta, tahsinga loyikdir. Ayniqsa,
ta'lim tizimida amalga oshirilayotgan ishlar ko'lami kengayayotir. Jumladan,
zamon talablariga mos ta'lim dargohlaridan biri bo'lmish respublika Ichki ishlar
vazirligi Akademiyasi ham el-yurt osoyishtaligini ta'minlash yo'lida mard va
jasur yigit-qizlarni tarbiyalovchi yetakchi bilim maskanidir. Shu o'rinda aytish
joizki, Akademiyada tinglovchilarning bilim olishlari, yetuk mutaxassis bo'lib
yetishishlari uchun zamon talablarga javob beradigan moddiy-texnik baza
yaratilgan. Bu yerda Davlat ta'lim standartlari asosida bitiruvchilarning
tergov, tezkor-qidiruv, jinoyatlarning oldini olish, ekspert-kriminalistika
mutaxassisligi bo'yicha jamiyatda fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya
qilish, jamoat tartibini saqlash va xavfsizlikni ta'minlash, jinoyatchilikka
qarshi kurash, shuningdek, huquqbuzarliklarning oldini olish sohasida xizmat
faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo'lgan bilimlar beriladi. Akademiyada
tinglovchilarning puxta bilim olishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratib
berilganligi, o'quv-tarbiya jarayoniga o'qitishning ilg'or usullari joriy
etilganligi, mashg'ulot xonalari, ma'ruza zallari zamonaviy o'qitish vositalari
bilan jihozlanganligi ayniqsa e'tiborga sazovordir.
... Nihoyat hayajonli damlar boshlandi. O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar
vaziri, general-leytenant B.Matlyubov, vazirlik rahbariyati, Akademiya boshlig'i
vazifasini bajaruvchi, polkovnik T.Saitbayev va boshqa mehmonlar minbarga
ko'tarilishdi.
Akademiya o'quv kurslari boshlig'i, polkovnik A.Abdurahmonov Ichki ishlar
vaziri, general-leytenant B.Matlyubovga shaxsiy tarkib tantanali tadbirga
saflanganligi to'g'risida axborot bergandan so'ng barcha orziqib kutgan diplom
topshirish tantanasi boshlandi. Bitiruvchilar birin-ketin safdan chiqib,
ustozlari oldiga diplomlarni qabul qilish uchun kela boshlashdi. Diplomlarni
qabul qilib olarkan, «O'zbekiston Respublikasiga xizmat qilaman» deb baralla
aytayotgan yigit-qizlarga, shodiyonaga kelganlar havas bilan boqayotganini
sezish qiyin emas.
Shundan so'ng general-leytenant B.Matlyubov nutq so'zladi. Vazir o'z so'zida
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumati, Ichki ishlar vazirligi
rahbariyati tomonidan vazirlik ta'lim muassasalarida malakali mutaxassis
kadrlarni tayyorlash masalasiga alohida e'tibor qaratilayotganini aytib o'tdi. U
bitiruvchilarga yurtimiz osoyishtaligi yo'lida mashaqqatli, shu bilan birga,
sharafli xizmat faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tilar ekan, jumladan, shunday
dedi:
- Aziz bitiruvchilar! Siz nufuzli oliy ta'lim muassasasini tamomlab, endilikda
fuharolarimizning huhuq va erkinliklarini himoya qilish, yurtimizda tinchlik va
osoyishtalikni ta'minlashdek sharafli ishga yo'l olmokdasiz. Mana shunday
hayajonli dahihalarda Siz, aziz farzandlarimizning yorug' chehrangizga bokib,
biz - ota-onalar, ustoz-murabbiylar sizlarning timsolingizda vujudidan
kuch-g'ayrat yog'ilib turgan, o'z oldiga yuksak mahsadlar ko'yib, yangi
dunyoharash, yangi tafakkur bilan hayotga kirib kelayotgan, biz boshlagan
ishlarning davomchisi bo'lgan barkamol avlodni ko'ramiz va bundan yuragimiz
quvonch hamda g'ururga to'ladi. Zero, safimizda siz kabi g'ayratli, shijoatli,
vatanparvar yoshlarimiz bor ekan, yurtimiz, xalqimiz istiqboli hamisha ishonchli
ko'llardadir.
Maydon uzra O'zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangrab, jangovar bayroq
olib kirildi. Shundan keyin so'z olgan jamoatchilik vakillari bitiruvchilarni
unutilmas kun, ajoyib shodiyona bilan qizg'in muborakbod etdi. Akademiya
professor-o'qituvchilari nomidan so'zga chiqqan kafedra dotsenti vazifasini
bajaruvchi, mayor Muzaffar Ziyodullayev bitiruvchilarga muvaffaqiyat tiladi.
Ota-onalar nomidan so'zga chiqqan Muhabbat Xudoyberganova barcha yigitlarni
bildirilgan ishonchni oqlashga chaqirdi. Leytenant Bekzod Bozorov ta'lim bergan
ustoz-murabbiylarga bituruvchilar nomidan minnatdorlik izhor qildi.
Akademiya Oliy akademik kurslari bitiruvchilariga «Jinoyatchilikka qarshi kurash
va jamoat xavfsizligini saqlashni boshqarish tashkilotchisi» kvalifikatsiyasi
berilganligi haqidagi diplom hamda Akademiyani a'lo baholarga tamomlab, o'rnak
ko'rsatgan tinglovchilarga respublika Ichki ishlar vaziri tomonidan imtiyozli
diplomlar topshirildi.
Yosh ofitserlarni ota-onalari, yaqinlari gullar bilan olqishlab tabrikladilar.
Fursatdan foydalanib, quvonchdan shodon ota-onalar, bitiruvchilar va ularning
yaqinlarini suhbatga tortamiz.
- Bugun barchamiz uchun unutilmas va quvonchli kun, - deydi Toshkent shahrilik
bitiruvchi, leytenant Jamshid Saidov. - Qalblarida Vatanga muhabbat, burchga
sadoqat tuyg'ulari jo'sh urib turgan barcha bitiruvchi tengdoshlarimga yurtimiz
osoyishtaligini ta'minlashdek mas'uliyatli vazifalarni sharaf bilan ado
etishlarida muvaffaqiyatlar tilayman.
- Men ushbu dargohda ekspert-kriminalistika yo'nalishi bo'yicha o'qib, kerakli
bilim va ko'nikmalarga ega bo'ldim, - deydi Qoraqalpog'iston Respublikasi Nukus
shahrilik bitiruvchi, leytenant Baxtigul Askarova. - Ichki ishlar vazirligi
Akademiyasida tahsil olganimdan faxrlanaman. Kelgusida bu yerda olgan
bilimlarimni amaliyotda qo'llab, yurt osoyishtaligiga hissa qo'shish
niyatidaman.
- Nevaram Sherzodbek Shermatov shunday nufuzli ta'lim muassasasini bitiryapti, -
deydi quvonch bilan Namangan viloyati Norin tumanidan kelgan O'ktamxon aya
Dehqonova. - Martabasi baland bo'lsin, el-yurtning koriga yarasin, saboq bergan
ustozlari, ota-onasining yuzlarini yorug qylsin, deya duo qilaman.
- Zafarjon beshinchi farzandim, - deydi ko'zlariga sevinch yoshlari quyilib
kelayotgan Buxoro viloyati Qorako'l tumanidan kelgan Sharif aka Hakimov. -
Yoshligidan shu kasbga qiziqdi. Mana bugun mutaxassislik diplomini qo'lga oldi.
O'g'lim xalqiga, Vataniga sadoqat bilan xizmat qilsa, mendan baxtli ota yo'q.
Barchaning yuzida tabassum, kimdir jigar-bandini qutlab, quchoqlagan, yana
kimdir yaqiniga gul tutgan. Ota-onalar o'g'il-qizlarining kamolini ko'rib
turganligidan ko'zlaridagi sevinch yoshlarini yashira olishmadi.
"Postda" muxbiri
“Postda” gazetasi, 2010 yil 3 iyul, ¹ 27 (3868)
|