² O'zbekcha ² ¡çáåê÷à ² Ðóññêèé ² English ²     

 

 

 

 

 

Aloqa uchun ma'lumot:

Manzil:

100197, O'zbekiston Respublikasi, Toshkent sh, Intizor ko'ch, 68.

Tel.:

265-22-52 (navbat.),

265-17-53 (faks),

265-13-55 (kotibiyat).

Ishonch telefonlari:

265-22-56

265-91-39

265-17-52

E-mail:

akadmvd@uzsci.net

 

 

 
Rambler's Top100
 

 

 

Yuragini yurti uchun tutganlar...


Eng ulug', eng aziz bayramimiz - Mustakillikning o'n to'qqiz yilligi nishonlanayotgan muborak kunlarda an'anaga muvofiq O'zbekiston Respublikasi IIV oliy ta'lim muassasalarida birinchi kursga qabul kilingan yigit va qizlarning yurt tinchligi va barqarorligini ta'minlash, ona-Vatanning har bir qarich yerini ko'z qorachig'idek avaylab-asrash, fuqarolarning haq-huquqlarini himoya qilishga qasamyod qabul qilish tantanalari bo'lib o'tdi.Darhaqiqat, tinch, osoyishta yurtga bayramlar yarashadi. Bu kunda Istiqlolimiz, osoyishtahayotimiz, milliy qadriyatlarimiz yana bir bor ulug'lanadi. Yosh yigit va qizlarning eng ulug', eng aziz ayyom kuni qasamyod qilishlarida ulkan ramziy ma'no bor. Bu ularning hurriyat sababli shunday buyuk baxtga erishib turganligiga, eng oliy ne'matymiz bo'lmish - tinchlik va osoyishtalikni asrashga ishoradir. Yurtga bo'lgan mehru muhabbatini, sadoqatini qasamyodda bitilgan so'zlar bilan uyg'un tarzda izhor etishga, ona-Vatan sha'nini tog'lardek yuksaklarga ko'tarishga tayyor turishibdi. Bayram libosida turgan Alpomishlar, formasi o'ziga yarashgan Barchinoylarga qarab havas qilasiz. Yurt tinchligi va osoyishtaligini saqlash, xalqiga, Vataniga sadoqatli bo'lishga shaylangan sheryuraklar, ular.

... Respublika IIV Akademiyasi saf maydoni uzra bayramona ruh kezmoqda.

Tadbirda respublika IIV rahbariyati va tinglovchilarning ota-onalari hozir bo'lishdi. Uni Akademiya boshlig'i vazifasini vaqtincha bajaruvchi, polkovnik T.Saitbayev ochar ekan, barchani bayram bilan muborakbod etdi.

Respublika Ichki ishlar vaziri, general-leytenant B.Matlyubov minbarga ko'tarilgach, polkovnik A.Abdurahmonov vazirga Akademiya shaxsiy tarkibi qasamyod qabul qilish tantanasiga saflanganligi to'g'risida axborot berdi.

Shundan so'ng tinglovchilar birin-ketin Vataniga, xalqiga, Prezidentiga sodiq bo'lishga qasamyod qilishdi.

Akademiyada a'lo o'qishi, namunali xulqi, jamoat ishlarida faol ishtiroki va tashkilotchilik qobiliyatini yaqqol namoyon qilishi bilan safdoshlariga o'rnak bo'lib kelayotgan uch nafar tinglovchini «O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining stipendiati» Faxriy yorlig'i bilan takdirlash to'g'risidagi respublika Ichki ishlar vazirining buyrug'ini vazir o'rinbosari, polkovnik Alisher Mirzayev o'qib eshittirdi. General-leytenant B.Matlyubov stipendiatlarga Faxriy yorliqni topshirarkan, ularning kelgusidagi o'qish va ishlariga muvaffaqiyat tiladi.

Shundan so'ng respublika Ichki ishlar vaziri, general-leytenant B.Matlyubovning ma'ruzasi tinglandi. Vazir qasamyod qabul qilgan yigitlarga qarata yaratib berilgan imkoniyatlardan samarali foydalanib, Akademiya professor-o'qituvchilari, ustoz va murabbiylar yordamida zaruriy bilim-ko'nikmalarni puxta egallashlari, yetuk mutaxassis kadrlar bo'lib yetishishlari lozimligini ta'kidladi. Shuningdek, vazir tinglovchilarning kelajakda xalqimiz ishonchini hamda qabul qilgan qasamyodny oqlashlariga umid bildirarkan, jumladan, shunday dedi:

- Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, shon-shuhratini yanada yuksaltirish, barcha sohalarda izchil amalga oshirilayotgan islohotlarda faol ishtirok etish har bir fuqaroning muqaddas vazifasidir. Har bir xalq va millatning ertangi kuni bugun kamolga yetayotgan yoshlar bilan uzviy bog'liq ekanligi yana bir bor yaqqol namoyon bo'lmokda. Shuning uchun ham istiqlol yillarida muhtaram Prezidentimiz tashabbusi bilan jismonan va ma'nan sog'lom avlodni tarbiyalab, voyaga yetkazish vazifasiga alohida e'tibor qaratilmokda. Davlatimiz rahbarining «Sherdil va o'tyurak yigitlar millat ko'rki, Vatan faxridir» degan shioriga amal qilib, o'sib-unib kelayotgan yosh avlodga ta'lim-tarbiya berish bilan birga, Vatan takdiri, uning bugungi va kelajagi uchun mas'uliyatni chukur his etadigan, mustaqil va yangicha fikrlaydigan yoshlarni tarbiyalash eng asosiy vazifalardan biriga aylandi. Barchangiz qasamyodga sodiq qolib, namunali intizomingiz va a'lo baholarga o'qishingiz bilan birga, kelgusida xalqimizning yuksak ishonchini oqlaysizlar, degan umiddaman.

Professor-o'qituvchilar nomidan kafedra boshlig'i o'rinbosari, mayor Abror Otajonov hamda ota-onalar nomidan Gulbahor Abdulqosimovalar so'z olib, Vatan saodati yo'lida xizmatga shaylangan farzandlarga kelgusidagi o'qish va ishlarida omad yor bo'lishini tiladi.

Shuningdek, tabrik uchun so'z olgan 1-bosqich tinglovchisi O'ktam Hamroyev va 2-bosqich tinglovchisi Dilmurod Alimuhammedov o'qishga qabul qilingan yigitlarni bugungi tadbir va Mustaqilligimizning 19 yillik bayrami bilan samimiy qutladilar.

- Bugungi shodiyona judayam hayajonga soldi, - deydi Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanilik B.Avlayev. - Marosimga ota-onam, maktabdosh do'stlarimizning ham tashrif buyurishgani cheksiz ruhlantirib yubordi. Kelajakda osoyishtalik posboni degan nomga sazovor bo'lib, oilamiz, mahalladoshlarimiz, qolaversa, xalqimiz tinchligi va osoyishtaligini saqlashga, uni ko'z qorachig'idek asrashga munosib hissa qo'shaman, deya va'da beraman.

- Surxondaryo viloyati Denov tumanidan keldik, - deydi biz bilan suhbatda Tovashar Musirov. - O'n nafar farzandim bor. Ibodulla o'g'illarimning kenjasi. Bugun orzusiga erishib, tinglovchi degan sharafga sazovor bo'lganidan juda baxtiyorman. Niyatim, endi u mardlarga xos shijoat bilan yurt osoyishtaligiga hissa qo'shsin.

- O'g'lim Mehriddin Ro'zimurodovni tinglovchilar safida ko'rib xursand bo'ldim, - deydi Navoiy viloyati Navbahor tumanidan kelgan Marhamat Ro'zimurodova ko'zida sevinch yoshlari qalqib. - Bayram shodiyonalari Prezidentimiz rahnamoligida «Bu muqaddas Vatanda azizdir inson» degan ezgu g'oya asosida xalqimiz tomonidan katta xursandchilik bilan nishonlanmokda. Farzandim shunday ulug' ayyom kuni qasamyod qabul qilganidan mamnunman. O'g'lim ham Vataniga sodiq qolib, insonlarning huquq va erkinliklarini himoya qilsa, el koriga yarab, sidqidildan xizmat qilsa, men baxtli onalar qatorida bo'laman.

Tadbirda IIV Ashula va raqs ansambli ishtirokchilari o'zlarining kuy-qo'shiqlari, dilrabo raqslari bilan barchani xushnud etishdi.

Azizjon Fayziyev, «Postda» muxbiri.

"Postda" gazetasi, 2010 yil 4 sentyabr, ¹ 36 (3877)

 

   
 

    © O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2010