Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Trenerlar guruhi uchun ilk mashg‘ulot tashkil etildi

01 Dekabr 2025, 03:12

105

IIV akademiyasida professor-o‘qituvchilar va o‘qituvchi-metodistlardan iborat trenerlar guruhi uchun har oyda bir marotaba mahorat darslarini tashkil etish yo‘lga qo‘yildi.

Ta’lim sifatini yangi bosqichga ko‘tarish, sohaga ilg‘or tajribalarni keng joriy qilish, ustoz-shogirdlik an’analari asosida kadrlarning kasbiy malakasi va pedagogik mahoratini oshirib borish mashg‘ulotlardan ko‘zlangan asosiy maqsaddir.

Dastlabki mashg‘ulot Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti mutaxassisi Boburjon Ahmedov tomonidan “Pedagogik mahoratning mazmun-mohiyati va o‘qituvchi faoliyatidagi o‘rni” mavzuida o‘tkazildi. Tajribali ekspert pedagogik mahoratni oshirish usullari, zamonaviy ta’limda qo‘llanilayotgan ilg‘or metodlar, xususan, “blended learning” (aralash o‘qitish), “flipped classroom” (teskari sinf) metodlarining afzalligi, qo‘llanish mexanizmlari va imkoniyatlarini atroflicha tushuntirib o‘tdi.

Mashg‘ulot davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, zarur bilim va malakaga ega bo‘ldilar.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech