IIV akademiyasining O‘zbek tili va xorijiy tillar kafedrasi o‘qituvchilari Fotima va Zuhra Kenjayevalar dissertatsiya himoyasidan muvaffaqiyatli o‘tdilar.
Ular filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun “Ingliz va o‘zbek harbiylari nutqining qiyosiy-tipologik tadqiqi” hamda “O‘zbek va ingliz tillarida ichki ishlar xodimlari nutqi namoyon bo‘lishining chog‘ishtirma tadqiqi” mavzularida tayyorlagan ilmiy ishlarini Farg‘ona davlat pedagogika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi kengashda muvaffaqiyatli yoqladilar.
Hamkasblarimizni ilmiy-pedagogik faoliyatdagi yutug‘lari bilan tabriklaymiz!
IIV akademiyasi Axborot xizmati