Diqqat! Sayt sinov rejimida
Рус Ўзб O'z En

O‘quv-uslubiy boshqarma

O‘quv-uslubiy boshqarma akademiyaning yaxlit o‘quv-ilmiy tuzilma sifatida faoliyat ko‘rsatishini ta’minlaydi va o‘z zimmasidagi vazifalarni fakultetlar hamda kafedralar bilan uzviy hamkorlikda amalga oshiradi.

Boshqarmaning maqsadi fakultetlar, kafedralar bilan hamkorlikda bakalavriatning kunduzgi ta’lim shaklida ta’lim oluvchilarni mutaxassislik fanlari bo‘yicha chuqurlashtirilgan va kasbga yo‘naltirilgan holda o‘qitish, ularning intellektual jihatdan kamol topishini va ma’naviy rivojlanishini ta’minlash hamda yuqori malakali mutaxassis kadrlarni tayyorlashga yo‘naltirilgan o‘quv va o‘quv-uslubiy ishlarni tashkil etishdan iborat.

Boshqarmaning vazifalari:

bakalavriatning kunduzgi ta’lim shaklida ichki ishlar organlari uchun yetuk mutaxassislar tayyorlashga yo‘naltirilgan o‘quv jarayonini tashkil etish hamda rejalashtirish;

fakultetlar, kafedralarda bakalavriatning kunduzgi ta’lim shaklida olib borilayotgan o‘quv va o‘quv-uslubiy ishlarni o‘zaro muvofiqlashtirish hamda uslubiy ta’minlashni amalga oshirish;

o‘quv jarayoniga yangi ta’lim texnologiyalari va o‘qitishning zamonaviy vositalari, shuningdek ichki ishlar organlarining ilg‘or ish tajribalarini joriy etilishini tashkil etish;

boshqa turdosh va fuqarolik oliy ta’lim muassasalari bilan o‘quv va o‘quv-uslubiy ishlar bo‘yicha hamkorlikni amalga oshirishning muhim yo‘nalishlarini belgilab berish va muvofiqlashtirish.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech