Ma’lumki, “Huawei” raqamlaştiriş va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida dunyodagi eng yetakçi Xitoy kompaniyasi hisoblanadi.
Mamlakatimizda uşbu kompaniya bilan hamkorlikda amalga oşirilayotgan loyihalarning bir yönalişi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida mutaxassislarni tayyorlaşga qaratilgan.
Içki işlar vazirligi akademiyasida kompaniyaning Global korporativ tarmoqlar marketingi va texnologik yeçimlar sotuvi departamenti texnologiya direktori Vu Fan boşçiligidagi mehmonlar bilan uçraşuv bölib ötdi.
Muloqot çoğida ta’limni raqamlaştiriş, sun’iy intellekt texnologiyalari sohasida hamkorlikni kuçaytiriş, kiberxavfsizlik yönalişida yuqori malakali kadrlar tayyorlaşda özaro tajriba almaşiş masalalari muhokama qilindi.
Şundan söng Içki işlar vazirligining Raqamli texnologiyalar va huquqiy statistika departamenti vakillari hamda kursantlar uçun “Sun’iy intellekt texnologiyalari va zararli dasturlarga qarşi kuraşiş” mavzuida maşğulot ötkazildi
IIV akademiyasi Axborot xizmati