Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Barcha sa’y-harakatlar osoyishtalikni ta’minlashga qaratilgan

25 Sentyabr 2026, 19:49

71

Aholi uchun xavfsiz muhit yaratish maqsadida samarali tizimning yo‘lga qo‘yilgani kriminogen vaziyat bilan bog‘liq muammolarni barvaqt aniqlash va bartaraf etishga xizmat qilmoqda.

Ichki ishlar vazirligi akademiyasi boshlig‘i Rustam Xatamov Mirzo Ulug‘bek tumanining “Avayxon” mahallasida bo‘lib, mazkur yo‘nalishda amalga oshirilayotgan keng qamrovli ishlar bilan yaqindan tanishdi.

O‘rganishlar davomida ichki ishlar vazirining joriy yil 8-sentyabrdagi farmoyishida belgilab berilgan dolzarb vazifalar ijrosiga e’tibor qaratildi. Mas’ullar bilan birgalikda hududlarda sodir etilgan jinoyatlar va ularning asl omillari tahlil qilindi.

Akademiya boshlig‘i “jinoyat o‘choq”lari sifatida belgilangan hududlar, aholi bilan muntazam gavjum ko‘chalar, og‘ir toifadagi jinoyatlar qayd etilgan joylarda bo‘ldi. “Mahalla yettiligi” tizimi vakillari hamda ijtimoiy profilaktika obyekti sifatida ro‘yxatga olingan fuqarolar bilan suhbatlashdi.

Muloqot chog‘ida poytaxtimizda xavfsiz va barqaror muhitni shakllantirish, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, jinoyatchilikni keskin kamaytirish, aholi bilan manzilli ishlash borasida amalga oshirilayotgan tizimli ishlarning dolzarb ahamiyati atroflicha tushuntirildi. Mas’ullarga ijtimoiy profilaktika qamrovini oshirish, aholi muammolarini o‘z vaqtida hal etish, oilalardagi muhitni sog‘lomlashtirish, yoshlar nazoratini kuchaytirish orqali kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Shu kuni bino va inshootlarni texnik qo‘riqlovga olish borasida ko‘rilayotgan choralar ham o‘rganildi. Aholi, ayniqsa tarbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan shaxslar o‘rtasida targ‘ibot tadbirlarini kuchaytirish orqali mazkur yo‘nalishdagi ishlarni jadallashtirish, hududlardagi barcha kameralarni ichki ishlar organlariga integratsiya qilish, “SOS” tugmasidan kelgan chaqiruvlarga tezkorlik bilan munosabat bildirish zarurligi qayd etildi.

Shuningdek ishchi guruh vakillari “Chimyon” mahallasidagi “Ekobozor” savdo majmuasi faoliyatini ham o‘rgandi. Mas’ullar  tomonidan bozor va uning atrofida jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, bino va inshootlarni qo‘riqlash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar taqdimot qilindi.

O‘rganishlar yakunida mas’ul rahbarlar, profilaktika inspektorlari va jamoat tartibini saqlashga jalb qilingan patrullik guruhlariga tegishli vazifalar bergilab berildi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech